Surxondaryoda respublikaning eng yirik IESlaridan biri qurilishi boshlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev dal start stroitelstvu teplovoy elektrostansii v Surxandarye
Mirziyoyev dal start stroitelstvu teplovoy elektrostansii v Surxandarye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna bo‘lish
Angor tumanida qurilayotgan yangi IES Surxondaryo uy xo‘jaliklarini, ishlab chiqarish majmualarini va qisman Afg‘onistonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Toshkent investitsion forumi doirasida Surxondaryo viloyati Angor tumanida yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib berdi.
– Biz oxirgi yillarda energetika sohasida katta islohotlarni amalga oshirib, sohani to‘liq transformatsiya qilmoqdamiz. Jumladan, elektr ishlab chiqarishga ilk bor xususiy sektor ishtiroki uchun keng imkoniyatlar ochildi. So‘nggi uch yilda umumiy quvvati 1 ming Megavattdan ziyod bo‘lgan 5 ta elektr stansiyasi davlat-xususiy sheriklik asosida ishga tushirildi. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard dollardan oshdi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Angor IESining umumiy qiymati 1,2 mlrd. dollar bo‘lib, loyiha quvvati 1560 megavattni tashkil qiladi. Bu O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yaratilgan eng yirik IES bo‘ladi.
Eng zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlaydigan stansiya yiliga 12 milliard kilovat-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va 1 milliard kub metr tabiiy gaz tejaydi. Stansiyani 2024-yil oxirida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Ushbu stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi Surxondaryodagi konlar, sanoat korxonalari hamda 500 ming xonadonni elektr nuriga to‘ldiradi. Bundan tashqari, qo‘shni Afg‘onistonga yiliga kamida 3 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ladi, - deyilgan xabarda.
Loyiha Germaniyaning “Siemens Energy”, Fransiyaning “EDF”, Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyalari tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bugungi kunda umumiy quvvati 9 ming Megavatt bo‘lgan yana 19 ta elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Ularning umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod.
Yangiliklar lentasi
0