Shimoliy Koreya AQShga yetib boruvchi raketani sinovdan o‘tkazdi - video

© AFP 2023 / STR / Kcna Via KnsIspitatelnie strelbi raketnogo polka jeleznodorojnogo bazirovaniya, Severnaya Koreya
Ispitatelnie strelbi raketnogo polka jeleznodorojnogo bazirovaniya, Severnaya Koreya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna bo‘lish
Yapon olimlari hisob kitobiga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning yangi og‘ir raketasi AQShning istalgan nuqtasiga yetib borishi mumkin.
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Shimoliy Koreya televideniyesi yangi raketa sinovi aks etgan videolavhani namoyish qildi.
Ma’lum bo‘lishiga ko‘ra, "Xvason-17" og‘ir ballistik raketa sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Davlat rahbari aytishiga ko‘ra, KXDR uzoq kurashga tayyor bo‘lishi kerak.
Shimoliy Koreya "AQSh imperializmi bilan uzoq davom etadigan qarama-qarshilikka" tayyorlanmoqda va AQShning har qanday harbiy harakatlarini to‘xtatishga tayyor bo‘lishi kerak, dedi Kim Chen In.
Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, uchirilgan raketa AQShning istalgan nuqtasiga yetib borishga qodir.
"Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, masofa jangovar kallakning og‘irligiga qarab 15 ming km dan ortiq bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, AQShning butun hududi, jumladan, Sharqiy qirg‘oq ham radiusga to‘g‘ri keladi", - dedi yapon vaziri.
Eslatib o‘tamiz, KXDR 2005-yilda mamlakatda yadroviy qurol yaratilganini e’lon qildi. Ushbu xabardan oldin bir necha bor mamlakat hududida yadroviy bulutga o‘xshash bo‘lutlar paydo bo‘lgan edi. O‘tgan yillar davomida raketa sinovlari o‘tkazib kelmoqda. Bu birinchi navbatda hududga yaqin bo‘lgan Yaponiya va AQSh hamda boshqa G‘arb mamlakatlarining keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Yangiliklar lentasi
0