https://oz.sputniknews.uz/20220325/savdo-sanoat-palatasiga-yangi-rais-saylandi-23560152.html
Savdo-sanoat palatasiga yangi rais saylandi
Savdo-sanoat palatasiga yangi rais saylandi
Sputnik O‘zbekiston
"O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi bo‘ldi. 25.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-25T15:20+0500
2022-03-25T15:20+0500
2022-03-25T15:20+0500
jamiyat
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/19/23560120_0:100:1152:748_1920x0_80_0_0_47242f32996ecf981daf416171ed7ec7.jpg
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Davron Vahobov O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi etib saylandi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.Davron Vahobov shu kunga qadar "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.Ma’lumot uchun, Davron Vahobov 1980-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy — 2001-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini, 2003-yilda Toshkent iqtisodiyot universitetini, 2007-yilda esa Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan, Daryo.uz ga asosan.Mehnat faoliyati davomida Davron Vahobov "Oqsaroy Tekstil" , "Zarbdor Tekstil", "Oqsaroy Vorteks", "Osteks Tekstil Jizzax", "Sardoba Oqsaroy Tekstil" kabi yirik to‘qimachilik loyihalarida ishlagan. 2020-yilning noyabrida "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlangan edi.Eslatib o‘tamiz, 2017-yildan beri Savdo-sanoat palatasiga raislik qilib kelgan Adham Ikromov 2022-yilning fevralida sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlangan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/19/23560120_0:0:1152:864_1920x0_80_0_0_2b5ce0764eaab615bda71a7fa05de294.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, savdo
Savdo-sanoat palatasiga yangi rais saylandi
"O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi bo‘ldi.
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Davron Vahobov O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi etib saylandi. Bu haqda palata matbuot xizmati
xabar berdi.
Davron Vahobov shu kunga qadar "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, Davron Vahobov 1980-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy — 2001-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini, 2003-yilda Toshkent iqtisodiyot universitetini, 2007-yilda esa Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan, Daryo.uz ga
asosan.
Mehnat faoliyati davomida Davron Vahobov "Oqsaroy Tekstil" , "Zarbdor Tekstil", "Oqsaroy Vorteks", "Osteks Tekstil Jizzax", "Sardoba Oqsaroy Tekstil" kabi yirik to‘qimachilik loyihalarida ishlagan. 2020-yilning noyabrida "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yildan beri Savdo-sanoat palatasiga raislik qilib kelgan Adham Ikromov 2022-yilning fevralida sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlangan edi.