Sanksiyalar Rossiya va O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar yaratadi - Reshetnikov

© Portal pravitelstva RossiiMinistr ekonomicheskogo razvitiya Rossii Maksim Reshetnikov
Ministr ekonomicheskogo razvitiya Rossii Maksim Reshetnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna bo‘lish
Yangi joriy etilgan cheklovlar Rossiya va uning asosiy hamkorlari, jumladan, Markaziy Osiyo uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi.
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov Xalqaro Toshkent investitsiya forumida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
"Ayni paytda Rossiyaning asosiy vazifalaridan biri eksport va importni qayta yo‘naltirish, yangi etkazib beruvchilarni izlash, yangi logistika va ishlab chiqarish zanjirlarini qurishdir, dedi Reshetnikov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tashqi savdosida uzoq tarixga ega bo‘lgan aloqalar, savdo va sarmoyaviy sohalardagi chuqur integratsiyaga ega bo‘lgan O‘zbekiston alohida o‘rin tutadi. U bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida 60 dan ortiq yirik sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilayotganini eslatdi.
Biznes qiziqish bildirishda davom etmoqda va u bu loyihalarning barchasi amalga oshirilishiga ishontirdi. Shuningdek, Rossiya korxonalari va banklari texnologiyalarni taqdim etadilar va moliyalashtiradilar.
Reshetnikov YeOII a’zolari O‘zbekistonning Ittifoqning qator loyihalarida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidladi.
Ulardan biri – temir yo‘l transportida yuk tashishni raqamlashtirishdir. Biz hamkasblarimiz (Sardor Umrzoqov bilan) hamkorlikda ishga tushirgan e-tijorat va “Aeroekspress” loyihasi - ko‘plab cheklovlarni olib tashlash imkonini beradi. Bu uch davlat - O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya uchun yaxshi yo‘lga qo‘yilgan texnologiyaga aylandi.
Shuningdek, Reshetnikov Rossiya, yangi paydo bo‘lgan muammolarga qaramasdan, O‘zbekistonning mas’uliyatli hamkor bo‘lib qolishda davom etmoqda.
Vazir aytishiga ko‘ra, Rossiya sanksiyalar bosimiga - ochiqlik, biznes bilan ishlashda moslashuvchanlik va xalqaro majburiyatlarni bajarishda mas’uliyat bilan javob beradi.
Shu bilan birga, Reshetnikovning fikricha, ushbu cheklovlar Rossiya va uning asosiy hamkorlari, jumladan, Markaziy Osiyo uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi.
Ma’lumot uchun, Birinchi Toshkent Xalqaro investitsiya forumi 24-mart kuni boshlandi. Unda 49 mamlakatdan 1,5 mingga yaqin vakillar ishtirok etmoqda. Forum 3 kun davom etadi. Bugungi kunga qadar forum doirasida umumiy qiymati 2,5 milliard dollarga yaqin 36ta hujjat imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0