“Milliy dispetcherlik markazi” tashkil etiladi - qaror

© Press-slujba AO "Teplovie elektricheskie stansii"Rabochiy na Sirdarinskoy TES
Rabochiy na Sirdarinskoy TES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna bo‘lish
Markazga avariya rejimlari yuzaga kelishini oldini olish, ularni bartaraf etishkabi vazifalar yuklatildi
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Energetika vazirligi huzurida "Milliy dispetcherlik markazi" davlat unitar korxonasi tashkil etiladi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 126-sonli qarori qabul qilindi.
Markazni tashkil etishdan asosiy maqsad - O‘zbekiston yagona energetika tizimini rivojlantirish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi saqlanishini, shuningdek, Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlashdan iborat.
Milliy dispetcherlik markaziga "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning milliy, regional va hududiy dispetcherlik funksiyalari o‘tkaziladi.
Markazining asosiy vazifalari quyidagicha:
yagona elektr energetika tizimini real vaqt rejimlarida operativ boshqarish va uning ishonchli ishlashini ta’minlash;
tizim tarkibiga kiruvchi korxonalarning dispetcherlik boshqaruvini amalga oshirish;
elektr energiyasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning iste’mol qilinishiga ta’sir qiluvchi barcha omillarni hisobga olgan holda uni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning har soatlik rejimini shakllantirish;
tizimning texnik va iqtisodiy jihatdan eng maqbul rejimlarda ishlashini ta’minlash;
tizimning qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravishda ishlash rejimlarini boshqarish;
avariya rejimlari yuzaga kelishining oldini olish, ularni bartaraf etish va avariya rejimi bartaraf etilgandan keyin tizimning ishonchliligini tiklash.
Milliy dispetcherlik markazi uchun 259 nafar shtat birligi ajratildi.
Markazining amaldagi boshqaruv pulti to‘liq ishga tushgandan so‘ng asosiy hamda zaxira boshqaruv pultlari uch oy muddat parallel ravishda ishlaydi.
Shu bilan birga, "Issiqlik elektr stansiyalari" va "Hududiy elektr tarmoqlari" kompaniyalari tizimidagi tashkilotlar ushbu jamiyatlarning hududiy filiallari etib qayta tashkil etiladi.
Ma’lumot o‘rnida, 25-yanvar kuni Markaziy Osiyoda elektr ta’minotida yirik avariya - texnik uzilish sodir bo‘lgan edi. Shundan so‘ng prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston elektr energetika tizimini 500-750 kilovoltli tarmoqlarni qurish orqali yagona halqa tizimini hosil qilish vazifasini qo‘ygan edi.
Yangiliklar lentasi
0