Olmaotaga tezurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© temirzholy.kzPoyezd, sostoyashiy iz vagonov "Tұlpar-Talgo"
Poyezd, sostoyashiy iz vagonov Tұlpar-Talgo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna bo‘lish
Olmaota - Toshkent - Olmaota yo‘nalishida haftasiga 3 marotaba "Talgo-Tulpar" rusumli tezurar poyezdlar harakatlanadi.
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. "Toshkent - Olmaota - Toshkent " yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi qatnovi qayta tiklanadi. Bu xaqida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 2-maydan boshlab haftada uch marotaba "Olmaota-2 - Toshkent - Olmaota-2" yo‘nalishida ½-sonli poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezd "Toshkent-Markaziy" vokzalidan har seshanba, payshanba va yakshanba kunlari jadval asosida Qozog‘istonga jo‘nab ketadi. O‘zbekistonga esa "Olma-ota-2" temir yo‘l vokzalidan har dushanba, chorshanba va shanba kunlari qatnaydi.
O‘TY boshqa davlatlar bilan ham temir yo‘l yo‘nalishlarining qayta tiklanishi bosqichma-bosqich ochilishni rejalashtirmoqda.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" va "Qazaqstan temir joli" kompaniyalari Toshkent va Olmaota shaharlari o‘rtasida yo‘lovchi poyezd harakatini tashkil etishga kelishdi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin 2022-yilning 1-apreldan "Nukus – Beyneu – Nukus" yo‘nalishida ham poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar qilgan edik. Ikki yillik cheklovlardan so‘ng, xalqaro yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezd qatnovlari yana tiklanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0