Yer ajratishda migrantlarga ustuvorlik beriladi

© Unsplash.com/ FORREST CAVALEPerson crouches down with a nandful of sand that slips through their fingers
Person crouches down with a nandful of sand that slips through their fingers - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna bo‘lish
Xorijdan yaqinda qaytib kelgan mehnat migrantlariga yer ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan alohida ustuvorlik beriladi.
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Bundan buyon Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishda hokim qarori talab qilinmaydi. Bu haqida O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 24-martida qabul qilingan 94-sonli qarorida aytib o‘tilgan.

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi, deyilgan qaror matnida.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash tartibi bekor qilindi.
Shuningdek, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda 2022-yil 1-martdan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berilishi belgilandi, - deyilgan qarorda.
Eslatib o‘tamiz, ilgari ijara shartnomasi tuzilmasdan avval hokim qarori qabul qilinishi kerak edi. Ushbu sohada aholi tomonidan ko‘plab noroziliklar ildirilgani va hokimlar tomonidan qonunga xiloq qarorlar qabul qilinishi tufayli Adliya vazirligi tashabbusi bilan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘gartirildi.
Yangiliklar lentasi
0