Ekologiya qo‘mitasi atmosferaga zarar yetkazgani uchun ikkita korxona faoliyatini to‘xtatdi

© Sputnik / Yevgeniy Kozirev / Mediabankka o‘tishSementniy zavod
Sementniy zavod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna bo‘lish
Atmosfera havosiga zarar yetkazayotgan tufayli Farg‘ona viloyatida ikkita korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Farg‘ona viloyatida ikkita korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Farg‘ona viloyati Sho‘rsuv shaharchasi hududidagi 35 ta qurilish maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi xususiy korxona ko‘zdan kechirlganda, sement va boshqa qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan atmosfera havosiga zarar yetkazilayotgani aniqlandi.
Xususan, sement ishlab chiqaruvchi “Moderna sement indasturiyes” MChJ QK hamda gips ishlab chiqaruvchi “Sement xom ashyo savdo” MChJlarida mavjud chang-gaz tozalash uskunalari nosozligi tufayli ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazining mobil laboratoriyasi yordamida hududdagi atmosfera havosida ammiak 4 ta nuqtada – 1,5 dan 23,6 martagacha hamda vodorod sulfidi moddasi 2 ta nuqtada - 3,2 dan 4,6 martagacha meyoridan ortiqligi aniqlangan, - deyiladi xabarda.
Qo‘mita eslatmasiga ko‘ra, korxonalar o‘z faoliyatlarini atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilgan holda amalga oshirilishi shart. Atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan tartibda va miqdorlarda undirib olinadi.
Yangiliklar lentasi
0