Bola nafaqasi kimlarga berilmaydi - ro‘yxat
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda reyestrda 16 ta vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan 49 turdagi ma’lumotlar elektron ravishda kiritilgan.
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi to‘lash avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bu haqida AOKAda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Zayniddin Aralov ma’lum qildi.
Moddiy yordam tayinlash yoki rad etish “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi ma’lumotlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
Bugungi kunda reyestrda 16 ta vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan 49 turdagi ma’lumotlar elektron ravishda kiritilgan.
Nafaqani tayinlash yoki rad etish qarori haqida arizachiga SMS xabar orqali ma’lum qilinadi.
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash quyidagi hollarda rad etiladi:
oilaning har bir a’zosiga belgilangan daromad meyori minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan (498 557 so‘m)dan yuqori bo‘lganda;
2 va undan ortiq ko‘chmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo‘lganda;
oila a’zolarining o‘z nomiga rasmiylashtilgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanayotgan ishlab chiqarilgan muddati 7-yildan oshmagan texnik xolati soz bo‘lgan yengilavtotransport vositasi bo‘lganda;
ishlab chiqarilgan muddati 15-yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
2 yoki undan ortiq texnik xolati soz bo‘lgan avtotransport vositasimavjud bo‘lganda;
ariza beruvchi va oila a’zolarining tijorat banklaridagi depozit hisob raqamlarida ariza bergan oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiqroq miqdorda mablag‘lar mavjud bo‘lganda;
ariza beruvchi va oila a’zolarining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiqroq miqdorlarda qimmatli qog‘ozlar mavjud bo‘lganda;
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati qo‘mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlari xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila a’zolari, shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim etilganda;
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, meyorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan pensiyalar bilan ta’minlanganda;
oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan a’zolari mavjud bo‘lganda;
oilada oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a’zosi mehnat organlarining ishga doir taklifini ikki yoki undan ortiq marotaba rad etganda;
daromadning rasmiy manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi 6 oy maboynida ish izlab mehnat organlariga xisobda turmagan, o‘zini-o‘zi band shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan oilaning mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lganda nafaqalar tayinlash rad etiladi.
Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilaga qonunchilik hujjatlarida belgilangan xizmatlardan foydalanish va imtiyozlarni olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ma’lumotnoma taqdim etiladi.