YPX xodimi tasvirini uning ruxsatisiz tarqatish taqiqlanishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudniki DPS i Natsionalnoy gvardii na postu v Tashkente
Sotrudniki DPS i Natsionalnoy gvardii na postu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2022
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar vazirligi tegishli Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekistonda YPX xodimi tasvirini uning ruxsatisiz tarqatish taqiqlanishi mumkin. IIV tegishli nizomga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Hujjat bilan yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari va maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizom 19-bandining oltinchi xatboshisini to‘ldirish taklif qilinmoqda.
YPX xodimining o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holatda olingan foto va video tasvirlarini uning ruxsatisiz internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirmaslik.
Qaror loyihasi muhokamasi 29-martga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0