Turkiya aholisining 90 foizi NATOga ishonmaydi
© AP Photo / Burhan OzbiliciTureskiy voyenniy podnimayet gosudarstvenniy flag
© AP Photo / Burhan Ozbilici
Obuna bo‘lish
Turkiya aholisi AQShga ham NATOga ham ishonmaydi. Ustiga ustak AQSh Turkiyada terrorchi deb tan olingan partiyalarga yordam berishda va davlat to‘ntarishga uringan Gulenni himoya qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 24 mar - Sputnik. Areda Survey tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya aholisining 90,8 foizi Shimoliy alyans himoyasiga umid qilmaslik kerak, deb hisoblaydi.
So‘rov 26-28 fevral kunlari o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning turli hududlarida 2 ming kishi ishtirok etdi. O‘tgan yilning iyun oyidagi so‘rov bilan solishtirganda, harbiy blokka ishonch darajasi 12,5 foizga kamaydi.
Maltepe universitetining siyosatshunoslik va xalqaro aloqalar kafedrasi professori Hasan Unal Sputnik muxbiriga bergan intervyusida so‘rov natijalariga shunday izoh berdi:
Turk jamoatchiligi xulosasida NATO va AQSh - siyosiy jihatdan amalda bir narsaga aylandi. Aksariyat fuqarolar esa - Amerikaga qarshi kayfiyatda. Chunki AQSh Turkiyada terrorchi deb tanilgan Qurdlar ishchi partiyasi va Demokratik ittifoq partiyalarini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Sovuq urush tugaganidan beri Turkiya va Vashington o‘rtasida juda ko‘p kelishmovchiliklar yuzaga kelgan, jumladan, Kipr masalalari va armanlar genotsidini tan olish bo‘yicha.
Turkiya va Alyansning boshqa a’zosi o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda NATO qaysi tomonni egallashi noma’lumligicha qolmoqda. Masalan, Gretsiya bilan. Professor Unalning ishonchi komilki, bu holatda G‘arb Rossiyaga qarshi sanksiyalarga o‘xshash sanksiyalar bilan Anqaraga ham hujum qiladi.
️ Va nihoyat, Turkiya ko‘p qutbli dunyoda o‘zini xavfsizroq his qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 2016-yilning iyul oyida davlat to‘ntarishga urinish sodir bo‘lgan edi. O‘shanda muxolifatchi Fatxulla Gulenning bir necha minglab tarafdorlari amaldagi hukumatga qarshi chiqqan, Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on yashirinishga majbur bo‘lgan edi. Qo‘zg‘olon bir amallab bostirilganidan so‘ng, Turkiya davlat boshqaruv oganlari, armiya va kuch ishlatar tizimlar ichiga kirib olgan Gulen tarafdorlaridan bir necha ming kishini hibsga olgan edi. Shundan so‘ng Erdo‘g‘on, Fatxulla Gulenni terrorchilikda ayblab, AQShda uni Turkiyaga berishni talab qildi. AQSh bunga "dalillar yetishmasligini" ro‘kach qilib rad javobini bergan edi.