Soliq ma’murchiligiga oid o‘zgarishlar kelgusi yilga qoldirilishi mumkin – moliya vaziri

© Mejdunarodniy press-klubPerviy zamestitel predsedatelya Sentralnogo banka Respubliki Uzbekistan Timur Ishmetov
Perviy zamestitel predsedatelya Sentralnogo banka Respubliki Uzbekistan Timur Ishmetov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2022
Obuna bo‘lish
Moliya vaziri Timur Ishmetov soliq ma’murchiligiga oid barcha o‘zgarishlarni bir necha oyga yoki kelgusi yilga qoldirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Har qanday vaziyatda Hukumatning asosiy vazifasi makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish bo‘ladi. Bu haqda moliya vaziri Timur Ishmetov prezident raisiligida yig‘ilishdan so‘ng ma’lum qildi.
“Bunda budjetga ta’siri (dunyoda bo‘layotgan voqealarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’siri – tahr.) hisob-kitob qilindi. Topshiriq olindiki, tasdiqlangan budjet taqchilligini saqlab qolish, ya’ni ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik. Ish haqi, pensiya, nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lab borish bo‘yicha choralarni ko‘rib borish”, - dedi moliya vaziri.
Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, soliq ma’murchiligiga o‘zgarishlarni oid kelgusi yilga qoldirish taklifi ko‘rib chiqilmoqda.

“Soliq ma’murchiligiga oid barcha o‘zgarishlarni bir necha oyga yoki kelgusi yilga qoldirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Bu yo‘nalishda tadbirkorlik subyektlari bilan ish olib boriladi. Keyingi haftadan Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda anketa savollarini tayyorlayapmiz, hozirgi vaziyatda tadbirkorlarda qanday yangi nima muammolar paydo bo‘lgani, ularning fikricha, Moliya vazirligi va soliq qo‘mitasi qanday yordam berishi mumkinligini aniqlash uchun fidbek olish maqsadidagi so‘rovnoma”, - dedi Moliya vaziri rahbari.

Moliya vazirligi huzurida ishchi guruhlar soliq va bojxona ma’murchiligi masalalari bo‘yicha tadbirlarlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishadi.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0