Putinning gazli ultimatumi. Yevropa noiloj qoldi

© Sputnik / Vladimir TrefilovMoneti nominalom odin rubl
Moneti nominalom odin rubl - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2022
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi bundan buyon gaz uchun rublda to‘lashga majbur bo‘ladi. Bu jahon iqtisodida qanday o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin?
O‘tgan 23-mart, so‘zsiz tarixda qoladigan kun bo‘ldi. Chunki aynan shu kun Rossiya prezidenti Vladimir Putin taaluqli vazirlik va muassasalarga xorijga yetkazib berilayotgan Rossiya gazi uchun hisob-kitoblarni rublga o‘tkazishni topshirdi. Bu mubolag‘asiz so‘nggi yillarda sodir bo‘lgan eng ahamiyatli voqealardan biri bo‘ldi. Barchamiz shu kunlarda yangi, yuqori qiymatga ega bo‘lgan va ishonchli dunyoviy valyuta paydo bo‘lishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ko‘z oldimizda, butun jahon iqtisodini qulga aylantirgan, neft-dollar ustuvorligining so‘nggi nurlari so‘nmoqda.
Ushbu voqeaning ahamiyati naqadar muhim ekanini tushunish mushkul emas. O‘zingiz qarang, Jahon banki hisob-kitobiga ko‘ra, 2020-yilda dunyoda tabiiy gaz bozori hajmi 446 milliard dollarni tashkil qilgan. 2021-yil natijalari hali hisoblanmagan, lekin bozor hajmi 553 milliardgacha o‘sishi kerak edi. 2025-yilga kelib esa mutaxassislar gaz bozori hajmi misli ko‘rilmagan 758 milliardga yetishini bashorat qilishmoqda.
Ushbu raqamlarni biz odatiy bo‘lgan amerika dollarida hisobladik, lekin bu faqat hozircha. Chunki bugungi kunda tabiiy gazni oldi-sotidi shartnomalarining 80% aynan dollarda amalga oshirilmoqda. Dollar – bu Amerika moliyaviy gegemoniyasi o‘nlab yillar davomida tayangan asosiy ustunlardan biridir.
Yangi davr kelmoqda v unda Rossiyaga dushman bo‘lgan davlatlar o‘z xatolari oqibatida mutlaq oddiy tanlov qilishga majbur: Rossiya gazi uchun rublda to‘lash yoki bozorda muqobil ta’minlovchi izlash, ehtimol arzonroq odatiy dollar qabul qiladigan.
Ushbu talab kimga taaluqli ekanini bilish uchun prezidentning 2022-yil 5-mart kuni imzolangan yana bir farmoni bilan tanishamiz. Unda Rossiyaga qarshi sanksiyalar qabul qilgan nodo‘st mamlakatlar ro‘yxati aniq keltirilgan: Ukraina, AQSh, YeI davlatlari, Britaniya, AQSh,
Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Singapur, Tayvan, Norvegiya, Janubiy Koreya va yana bir qator mayda davlatlar.
Yuqorida keltirilgan davlatlar orasida faqat AQSh o‘z suyultirilgan gaziga ega. Yaqinda u gaz eksporti bo‘yicha Avstraliya va Qatardan o‘zib ketdi. Lekin jimgina Vashingtondagi akalarga bo‘yso‘ngan Yevropada esa vaziyat chatoq.
Yevropada tanlash imkoni cheklangan. YeI agar Rossiya gazi uchun rublda to‘lashni istamasa, shunchaki gaz ventilini burab yopib qo‘ya olmaydi. Yana bir bor aytamiz, Rossiya shu kunga qadar gaz yetkazib berishdan biror marotaba voz kechmagan va o‘z majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarib kelmoqda.
Rossiya gazidan eng manfaatdor bo‘lgan Yevropa davlati bu YeI yetakchisi Germaniya. 2020-yilda nemislar Rossiyadan 155 milliard metr kub gaz sotib oldi. Undan 75 milliardini Germaniya o‘z ehtiyojlariga ishlatgan, qolganini esa boshqalarga sotgan. Aytish joizki nemislar Rossiya gazini uzoq muddatli shartnomalar asosida 850 dollardan sotib oladi va birja narxi 1300 dollardan sotadi (biroz oldin 2500 edi). Germaniya budjeti Rossiya gazini sotishdan yirik daromad olayotganini hisoblash qiyin emas.
Yaqinda gaz bozorida bo‘lajak voqealarni oldindan bilgandek, iqtisodiyot vaziri Robert Xabek Germaniya iqtisodi - 55% Rossiya gazi, 52% - Rossiya ko‘miri va 34% - Rossiya neftiga muhtoj ekanini ta’kidlagan edi. Germaniya Moskva bilan hamkorlikdan voz kechsa ommaviy ishsizlik va kambag‘allik boshlanishini bashorat qilgan edi. “Iqtisod bunday shokka dosh bera olmaydi”, - degan edi Xabek.
Shuningdek, yaqinda iqtisodiyot mutaxassislari Germaniya Rossiya gazidan butunlay voz kechgan taqdirda voqealar qanday rivojlanishini kompyuter dasturlari yordamida modellashtirishgan edi. Virtual krash-test natijasiga ko‘ra, Rossiya zangori olovisiz Germaniyada isitish tizimi ishdan chiqadi, bu o‘z navbatida shamollash kasalliklari ko‘payishiga olib keladi. Aholi qo‘lbola isitish vositalaridan foydalanishni boshlaydi, oqibatda yong‘inlar ko‘payadi. Dori vositalari defitsiti kuchayadi, kasalxona va qariyalar uylarida muammolar boshlanadi. Gaz yetishmovchiligi yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik sohalarini yo‘q qiladi. Rossiya gazi tranzitidan olinayotgan daromadlar yo‘q bo‘ladi.
Non va non mahsulotlari sohasida ham jiddiy muammolar yuz beradi. Mahsulot narxi keskin oshadi. Bunga Rossiya va Ukrainadan olib kelinayotgan bug‘doy narxi oshishi bunga o‘z hissasini qo‘shadi. Germaniya 26% bug‘doyni aynan ushbu davlatlardan import qiladi. Bu yil Ukrainada bug‘doy hosili qanday bo‘lishi noma’lum, chunki ekin vaqti o‘tib bormoqda. Rossiya bo‘lsa bug‘doy eksportiga vaqtincha cheklov kiritgan.
Rossiya gazi, ko‘miri va mazutidan voz kechish – Germaniyada ishlab chiqarilayotgan jami elektr energiyasini 25%ga qisqartiradi. Ustiga ustak, Olaf Shols boshchiligida Germaniya rahbariyati yil oxiriga qadar so‘nggi 3ta AESni ham yopishni va’da qilgan. Bu yana minus 11% elektr degani. Oxir oqibat Germaniya yil oxirida jami ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining uchdan biridan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu rivojlangan og‘ir sanoat va yuqori turmush darajasiga ega bo‘lgan mamlakat uchun halokatli bo‘lishi mumkin.
Ushbu vaziyatda Vladimir Putinning kechagi bayonoti Germaniya va butun Yevropa uchun tundagi chaqmoqdek bo‘ldi. Kun oxirida Germaniya gaz sanoati Zukunft Gas rahbari Timm Keler “Germaniya Rossiyaning gaz kontrakti uchun to‘lovlarni rublda amalga oshirsh talabini katta sarosima bilan kutib oldi” degan bayonot bilan chiqdi.
Vujudga kelgan vaziyatni hisobga olganda, nodo‘st mamlakatlarga Rossiyaning ushbu talabi yoqadimi yoqmaydimi rublda to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
P.S. Moskva valyuta birjasi ushbu yangilikka allaqachon reaksiya bildirdi. Putin nutqidan so‘ng dollar kursi tushishni boshladi. Umuman sanksiyalar fonida 120 rublga chiqqan dollar kursi 11-martdan so‘ng to‘xtovsiz tushib kelmoqda. Bugun Mosbirja kursi 103 rubl.
Yangiliklar lentasi
0