https://oz.sputniknews.uz/20220324/migrantlar-tadbirkorlarni-qollab-quvvatlash-narx-navo-muammolar-qanday-hal-etiladi-23525779.html
Migrantlar, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, narx-navo: muammolar qanday hal etiladi
Migrantlar, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, narx-navo: muammolar qanday hal etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Jamshid Qo‘chqorov oziq-ovqat mahsulotlari bojxona to‘lovlarini nolga tushirish imkoniyati ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Mehnat migrantlari muammolarini hal... 24.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-24T10:51+0500
2022-03-24T10:51+0500
2022-03-24T10:51+0500
iqtisod
jamshid qo‘chqorov
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/02/21617981_0:0:3641:2048_1920x0_80_0_0_9416bf12ff2c0a8b94c16114c903e7b6.jpg
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.Bosh vazir o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot vaziri Jamshid Qo‘chqorov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida bularga to‘xtalib o‘tdi.Mehnat migrantlariVazirning so‘zlariga ko‘ra, tijorat banklari va Markaziy bank tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga rublda pul o‘tkazmalari uzluksiz amalga oshirilayotgani ta’minlangani alohida ta’kidlangan. Bu ishni davom ettirish topshirilgan.Mehnat migrantlarni muammolarini hal qilish uchun Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari vakillaridan iborat maxsus shtab tashkil etiladi.Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashPrezident Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga tadbirkorlarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish topshirgan.Prezident soha va hududlarda har kuni monitoring o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar bergan. Korxonalarni aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlash tizimini yanada soddalashtirish muhimligi ta’kidlangan.Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari soha va hududlarda har kuni monitoring o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar bergan. Korxonalarni aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlash tizimini yanada soddalashtirish muhimligi ta’kidlangan.Jamshid Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin oshishining oldini olish maqsadida ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga bojxona to‘lovlarini nolga tushirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgani xabar qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/02/21617981_454:0:3185:2048_1920x0_80_0_0_1f3ee8b114b18f48607863046e7b67bb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, jamshid qo‘chqorov, migrantlar
iqtisod, jamshid qo‘chqorov, migrantlar
Migrantlar, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, narx-navo: muammolar qanday hal etiladi
Jamshid Qo‘chqorov oziq-ovqat mahsulotlari bojxona to‘lovlarini nolga tushirish imkoniyati ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Mehnat migrantlari muammolarini hal qilish uchun qator vazirliklar vakillaridan iborat maxsus shtab tashkil etiladi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Bosh vazir o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot vaziri Jamshid Qo‘chqorov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida bularga to‘xtalib o‘tdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, tijorat banklari va Markaziy bank tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga rublda pul o‘tkazmalari uzluksiz amalga oshirilayotgani ta’minlangani alohida ta’kidlangan. Bu ishni davom ettirish topshirilgan.
Mehnat migrantlarni muammolarini hal qilish uchun Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari vakillaridan iborat maxsus shtab tashkil etiladi.
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash
Prezident Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga tadbirkorlarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish topshirgan.
“Ba’zi tadbirkorlar erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada kreditni qanday to‘lashi haqida tashvishlanayotgan bo‘lishi mumkin. Xabaringiz bor, o‘tgan yilning avgust oyida prezidentimiz tadbirkorlar bilan uchrashuvda ushbu kreditlarni so‘mda to‘lash imkoniyatini yaratish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Bu mexanizmdan har qanday tadbirkor foydalanishi mumkin” - dedi Qo‘chqorov.
Prezident soha va hududlarda har kuni monitoring o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar bergan. Korxonalarni aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlash tizimini yanada soddalashtirish muhimligi ta’kidlangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari soha va hududlarda har kuni monitoring o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar bergan. Korxonalarni aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlash tizimini yanada soddalashtirish muhimligi ta’kidlangan.
“Transport-logistika masalalarini hal etish, jumladan, Uzbekistan Airways faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, tadbirkorlar, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes vakillariga sharoit yaratib berish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Soliq qo‘mitasiga ko‘rsatmalar berildi” - dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Jamshid Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin oshishining oldini olish maqsadida ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga bojxona to‘lovlarini nolga tushirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
“Biz bu masala bo‘yicha tegishli qaror kiritamiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish
o‘tkazgani xabar qilingan edi.