“Boltiq yo‘lbarslari” jarlikka sakrashga tayyorlanishmoqda

© AP Photo / Roman KoksarovVoyska NATO na voyennoy baze Adaji v Kadage, Latviya
Voyska NATO na voyennoy baze Adaji v Kadage, Latviya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2022
Obuna bo‘lish
Boltiq mamlakatlarini bemulohaza harbiylashtirish, NATOning muntazam mashg‘ulotlari, Boltiqbo‘yi hududida xorijiy qo‘shinlar va zarba beruvchi qurollarning doimiy bo‘lishi chegaradosh Belarus va Rossiya bilan ehtimoliy xavfli mojaroni shakllantirdi.
“Boltiq yo‘lbarslari” uchun oldindan halokatga olishi kelishi ayon bo‘lgan “noto‘g‘ri” qo‘shnilarga qarshi qurolli tajovuzkorligi vaqt yoki Vashington jamoasi ishi bo‘lmoqda. Ukrainadagi voqealar tasdiqlaydiki: NATOning sharqqa siljish geosiyosiy mazmuni - demokratiya urug‘i emas, balki Moskva va Minsk bilan qaynoq urush.
NATOning Latviyadagi kengaytirilgan (xorijiy) jangovar guruhi Kanadadan qo‘shimcha kuchlarni olishda davom etmoqda – o‘zining qurol texnikasi bo‘lgan 460 artilleriyachi. Adaji bazasidagi Kanada qo‘shinlari soni 660 askargacha ko‘payadi, va bu Latviya Milliy qurolli kuchlari tarkibining 10 foizdan ziyodi.
Kanadalik mutaxassislar Adaji bazasida latviyalik harbiy xizmatchilarni o‘qitish va mashg‘ulotlarni tashkil etishda asosiy rolni o‘ynashadi. Qolaversa, kanadaliklar o‘quvlardan jangovar harakatlarga o‘tishga tayyorliklarini bildirishdi. “Tinchlanish” operatsiyasi doirasida Kanada Boltiqqa o‘zining “Halifax” turdagi raketa fregatlarini ham jo‘natdi, dushmanning suvosti qayiqlari, suvusti kemalarini qidirish va yo‘q qilishga mo‘ljallangan CP-140 Aurora patrul samolyotlari ishga solingan.
Qayd etish joizki, busiz ham Latviyada mana beshinchi yildirki xorijiy qo‘shinlarning katta va yaxshi qurollangan kontingenti bo‘lib turibdi – Kanada, Albaniya, Chexiya, Islandiya, Italiya, Chernogoriya, Polsha, Slovenii, Ispaniya va Slovakiyaning 1500 nafardan ziyod askari. Rossiya Qurolli kuchlarining (QK) Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanishiga qadar Pentagon Boltiq mamlakatlariga Italiyadan 800 nafar harbiy xizmatchi hamda bir nechta F-35 qiruvchilari va o‘ttiztacha AH-64 Apache vertolotlarini qo‘shimcha ravishda jo‘natgandi.
Polsha “ikkinchi fronti” Ukraina davlatiga tahdid solmoqda
24 fevraldan so‘ng Sharqiy Yevropaga 22 mingga yaqin xorijiy harbiy xizmatchilar qo‘shimcha joylashtirilgan, alyans birinchi marta o‘zining tez munosabat bildiruvchi kuchlarini safarbar qildi – 40 minga yaqin harbiy xizmatchilar, jumladan, “betaraf” Finlyandiya va Shvetsiyadan.
Ammo Latviya prezidenti Egils Levits AQSh armiyasi hamisha bo‘lishi va Latviya hududida “mutlaqo xorijiy” harbiy baza joylashtirilishini talab qilmoqda. Latviya mudofaa vaziri Artis Pabriks Milliy qurolli kuchlar uchun Turkiyaning “Bayraktar” dronlarini yetkazib berishni muhokama qilmoqda. Qanday qilib tajribali “ko‘ngillilarni” Ukrainaga jo‘natish ustida bosh qotirmoqda. Boshqa “Boltiq yo‘lbarslari” ham so‘nggi sakrashga – jarlikka vasvasali moyillikni namoyon etishmoqda.

Yo‘laklar devorlar bilan tugaydi

Boltiqbo‘yi harbiy-siyosiy keskinlikning markaziga aylanmoqda. Litva (350 nafar nemis askari) va Estoniya (1000 nafar Britaniya askari va “Challenger”, 200 nafar fransuz askari va to‘rtta “Mirage” qiruvchisi) xorijiy harbiylar bo‘lishini ko‘paytirdi.
Boltiq mamlakatlari Ukrainaga birdamlik ramzi tariqasida 10 nafar Rossiya elchixonalari xodimlarini jo‘natib yuborishdi.
Latviya, Litva va Estoniya Rossiyaning dengiz qamali va o‘zlarining tajovuzkorlik xatti-harakatlari uchun jazosiz qolishlari haqida orzu qilishadi. Shu bois YeI va NATOdagi katta hamkorlaridan Rossiya bayrog‘i ostidagi kemalar uchun dengiz portlarini yopishni, “Patriot” zenit-raketa majmualarini bepul berishni talab qilishmoqda. Litva yaqinda 16 kmgacha balandlikda, 40 kmgacha uzoqlikda ishlaydigan Norvegiya majmualarini xarid qildi, biroq bu allaqachon kamlik qilmoqda.
“Unified Response” mashqlar shaklidagi Litva janubidagi uch haftalik poligon mashg‘ulotlaridan so‘ng buyuk Litva knyazi Algirdas bataloni “strategik” Mariyampolskiy uyezdi, Rossiyaning Kaliningrad viloyatiga chegaradosh yerga o‘tdi. Boltiq mamlakatlarini Polsha va “katta NATO” bilan bog‘lovchi Suvalski yo‘lagi deb ataluvchining shimoliy qismida litvalik jangchilar qo‘riqlash va boshqa taktik operatsiyalarni o‘tkazishmoqda. Anchadan beri kutilayotgan Rossiya-Belarus qo‘shinlarining bostirish kirishi, Grondensk viloyatini (Belarus) va Kaliningrad (Rossiya) bilan bog‘lanishi va Boltiqbo‘yini egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida.
Litva milliy armiyasi bu xomxayollarga juda jiddiy munosabatda, dushmanning hujumi ostida shaharlarga chekinish va u yerda jang qilishga hozirlanmoqda – tinch aholi ortida (Ukraina Qurolli kuchlarining Mariupoldagi taktikasini yodga olamiz).
NATO "tinchlikparvarlari"ga "Xanjar"li ogohlantirish
Klaypeda dengiz portida “Sachsen-Anhalt” nemis fregati kelib to‘xtadi. Bu raketai qurol uzoqlikdagi havo, suvosti va yerustidagi nishonlarni yakson qilishga mo‘ljallangan. Kim dushman? Javobsiz savol, NATO mamlakatlari tashqi siyosati bir necha yillar oldinga tuzib qo‘yilgan.
Kamuflyaj kiyib, Litva prezidenti Gitanas Nauseda Pabrade poligonidagi AQShning quruqlikdagi qo‘shinlari zirhli tank bataloni harbiy xizmatchilarini ko‘rgani bordi, go‘yoki respublikada Amerika harbiylari amerikaparast laganbardorlaridan boshqa muhim ish yo‘qdek.
Belgiya HHKning F-16 qiruvchilari Estoniya havo maydonida kuniga besh marta parvoz qiladi – bevosita Rossiya chegaralariga yaqin hududda.
Ma’lumki, yaqin masofadagi parvozlar dushmanning havo hujumiga qarshi mudofaasini yorish uchun foydalaniladi (Leningrad va Pskov viloyatlarida).

Uchib kelib, dakki yeyishadi

Bir vaqtning o‘zida Polsha hududida, Belarus chegaralari yaqinida AQShning zihrli texnikasi faol jamlanmoqda. NATO Sharqiy Yevropadagi to‘rtta yangi guruh haqida gapirmoqda (jami – sakkizta).
Rossiya TIV Boltiq mintaqasida NATOning xorijiy harbiy guruhlari va infratuzilmalari ko‘payishi ig‘voli xususiyatga ega va ziddiyat darajasini kuchaytiradi.
Shu bilan birga “hamkorlarning” mintaqaviy tashvish uchun obyektiv sabablari yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Tinchliksevar Rossiya va Belarus Vashington va Brussel tomonidan adovat va rusofobiya girdobiga tortilgan Boltiq mamlakatlariga hududiy da’volari yo‘q.
Bu loyihaning yakunida Rossiya QK tinchlikka majburlash (demilitarizatsiya) maxsus operatsiyasi ko‘rib turibdi. Moskva Boltiqdagi qo‘shnilarning Rossiyaga qarshi siyosatidagi ma’noni ko‘rmaydi va Latviya, Litva, Estoniyani jarlikka qulamaslikka chaqirmoqda. Hatto YeI, AQSh va NATOning katta pullari evaziga ikkinchi hayotni sotib ololmaysan.
Yangiliklar lentasi
0