Shavkat Mirziyoyev Tatariston prezidenti bilan uchrashdi
19:24 23.03.2022 (yangilandi: 19:47 23.03.2022)
© Press-slujba prezidenta TatarstanaPrezident Tatarstana Rustam Minnixanov vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyoyevim
© Press-slujba prezidenta Tatarstana
Obuna bo‘lish
Rustam Minnixanov Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston va Tatariston orasida iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 23 mar - Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Rustam Minnixonov Shavkat Mirziyoyevga tashrif imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi hamda ko‘p millatli Tatariston Respublikasi xalqi nomidan Shavkat Mirziyoyevni hamda qardosh O‘zbekiston xalqini bahor bayrami Navro‘z bilan samimiy tabrikladi.
© Press-slujba prezidenta TatarstanaPrezident Tatarstana Rustam Minnixanov vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyoyevim
Prezident Tatarstana Rustam Minnixanov vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyoyevim
© Press-slujba prezidenta Tatarstana
Shuningdek, Tatariston prezidenti respublikalar orasida ushbu murakkab kunlarda samarali savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sheriklik saqlab qolinganini yuqori baholadi.
Tomonlar Tataristonning "Ximgrad" OAJ bilan hamkorlikda ishga tushgan "Chirchiq" kimyo-sanoat texnoparkining ochilishi - uchrashuv uchun yaxshi sabab bo‘lganini bir ovozdan ta’kidladilar.
Rustam Minnixonov so‘nggi 5-yil davomida Tatariston Respublikasi va O‘zbekiston viloyatlari o‘rtasidagi munosabatlar izchil mustahkamlanib borayotgani, bunda shaxsan O‘zbekiston Prezidentining roli katta ekanini ta’kidladi.
Xususan, 2021-yil yakuniga ko‘ra Tatariston-O‘zbekiston tovar ayirboshlash hajmi qariyb 200 million AQSh dollarini tashkil etib, 23,5 foizga oshgan.
© Press-slujba prezidenta TatarstanaPrezident Tatarstana Rustam Minnixanov vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyoyevim
Prezident Tatarstana Rustam Minnixanov vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyoyevim
© Press-slujba prezidenta Tatarstana
Shu bilan birga ushbu hamkorlikni rivojlantirish uchun hali to‘liq foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud. Ayni paytda vazirliklar, savdo-sanoat palatalari, korxonalar, tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bir qator shartnomalar, memorandumlar imzolangan va amalga oshirilmoqda.
Tataristonning yetakchi kompaniyalari - KAMAZ, Tatneft, Ximgrad, ElAZ, KMPO, KER-Xolding, Tatximfarmpreparat, POZiS va boshqalar bilan ish olib borilmoqda.
Rustam Minnixonov aytishiga ko‘ra, bugungi kunda xorijda yashaydigan tatarlarning eng ko‘p qismi O‘zbekiston va Qozog‘istonda istiqomat qilishini eslatdi. Xususan, O‘zbekistonda tatarlarning taxminiy soni 300 ming kishidan oshadi. Ular asosan Toshkent va Samarqandda istiqomat qiladi. Fursatdan foydalanib, Tatariston prezidenti O‘zbekiston prezidentiga tatar jamiyatini qo‘llab-quvvatlagani uchun shaxsiy minnatdorchilik bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. Rustam Minnixonov Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida Tatariston Respublikasiga tashrif buyurishni taklif qildi.