https://oz.sputniknews.uz/20220323/rossiya-jamiyatida-ukraina-maxsus-operatsiyasini-qollab-quvvatlaydiganlar-soni-oshmoqda-23518378.html
Rossiya jamiyatida Ukraina maxsus operatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydiganlar soni oshmoqda
Rossiya jamiyatida Ukraina maxsus operatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydiganlar soni oshmoqda
Sputnik O‘zbekiston
VSIOM ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklarning deyarli to‘rtdan uch qismi maxsus harbiy operatsiya o‘tkazish qarorini qo‘llab-quvvatlaydi.
2022-03-23T19:57+0500
2022-03-23T19:57+0500
2023-04-05T18:36+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
so‘rov
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/17/23516293_0:158:3077:1889_1920x0_80_0_0_db8cb0bac6b7b399f6fb9e73e4bef716.jpg
TOShKENT, 23-mart – Sputnik. Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasini mamlakat fuqarolari orasida qo‘llab-quvvatlash 3 hafta ichida yana 8 %ga oshgan.So‘rovda ishtirok etganlarning 46 % maxsus operatsiyadan asosiy maqsad - Rossiyani himoya qilish, Ukrainani qurolsizlantirish va u yerda NATO harbiy bazalarining joylashishiga yo‘l qo‘ymaslik deb hisoblaydi. Ukrainaning siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirish va uni natsistlardan tozalash - 19%, Donbass aholisini himoya qilish - 17% .Rossiyaliklarning aksariyati (61%) rasmiylarning xatti-harakatlari sanksiyalarning salbiy oqibatlarini kamaytirishga yordam beradi, deb hisoblaydi, yana 15 % bu savolga javob berishga qiynalgan va rossiyaliklarning chorak qismi bu choralar samarali bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi Ukrainani okkupatsiya qilish emas "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun, “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish talab etiladi. Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar bo‘lgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba beradi. Tinya aholi turar joylariga, shaharlarga zarba berilmaydi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/17/23516293_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_6c0cff1851aee3da0faa770a36ef0625.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiyaliklar maxsus harbiy operatsiya qo‘llab-quvvatlash ukraina dxr lxr
rossiyaliklar maxsus harbiy operatsiya qo‘llab-quvvatlash ukraina dxr lxr
Rossiya jamiyatida Ukraina maxsus operatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydiganlar soni oshmoqda
19:57 23.03.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) VSIOM ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklarning deyarli to‘rtdan uch qismi maxsus harbiy operatsiya o‘tkazish qarorini qo‘llab-quvvatlaydi.
TOShKENT, 23-mart – Sputnik. Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasini mamlakat fuqarolari orasida qo‘llab-quvvatlash 3 hafta ichida yana 8 %ga oshgan.
Endi maxsus operatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni respondentlarning 74 % qo‘llab-quvvatlamoqda. So‘rovda ishtirok etganlarning 9 % ushbu savolga javob berishga qiynalgan. Respondentlarning 17 % bu - salbiy munosabat bildirgan.
So‘rovda ishtirok etganlarning 46 % maxsus operatsiyadan asosiy maqsad - Rossiyani himoya qilish, Ukrainani qurolsizlantirish va u yerda NATO harbiy bazalarining joylashishiga yo‘l qo‘ymaslik deb hisoblaydi. Ukrainaning siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirish va uni natsistlardan tozalash - 19%, Donbass aholisini himoya qilish - 17% .
Rossiyaliklarning aksariyati (61%) rasmiylarning xatti-harakatlari sanksiyalarning salbiy oqibatlarini kamaytirishga yordam beradi, deb hisoblaydi, yana 15 % bu savolga javob berishga qiynalgan va rossiyaliklarning chorak qismi bu choralar samarali bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.
Respondentlarning to‘rtdan uch qismi yaqin kelajakda o‘z hududida ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lishi ehtimoldan yiroq, deb hisoblasa, 18 % bunday harakatlar ehtimolini tan olgan. Shu bilan birga, respondentlarning aksariyati (85%) norozilik aksiyasiga bormasliklarini aytishgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi Ukrainani okkupatsiya qilish emas "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun, “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish talab etiladi. Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar bo‘lgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba beradi. Tinya aholi turar joylariga, shaharlarga zarba berilmaydi.