Rossiya AQShni kimoviy qurollarini yo‘q qilishga chaqirdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRossiya zavershila programmu unichtojeniya ximicheskogo orujiya
Rossiya zavershila programmu unichtojeniya ximicheskogo orujiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya elchixonasi: AQSh haligacha sayyora uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan qolgan kimoviy qurolining 3 foizini yo‘q qilishni ataylab cho‘zmoqda.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Rossiya Qo‘shma Shtatlarni kimoviy qurollarining barcha zaxiralarini yo‘q qilishga chaqirdi. Rossiyaning AQShdagi elchixonasi Twitter᾽dagi sahifasiga tegishli xabarni joyladi.
Elchixona Rossiya o‘zining kimoviy qurollarining barcha zaxiralarini 2017-yilda yo‘q qilgani va bu Kimoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti(KQTT) tomonidan tasdiqlanganini eslatgan.

“AQSh o‘z navbatida haligacha sayyora uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan kimoviy qurolining qolgan 3 foizini yo‘q qilishni ataylab cho‘zmoqda. Biz AQShni o‘zining barcha kimoviy qurollarini yo‘q qilishga chaqiramiz”, - deyilgan xabarda.

Vashington avvaliga kimoviy qurollarini 2007-yilgacha yo‘q qilish majburiyatini olgan edi, biroq bu muddatlarni bir necha bor ortga surgan. Endi esa bu muddat 2023-yilga ko‘chirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0