Polsha “ikkinchi fronti” Ukraina davlatiga tahdid solmoqda
14:28 23.03.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023)
Obuna bo‘lish
Polsha "tinchlikparvar" operatsiyasining asl maqsadi - Ukrainaning g‘arbiy Volin, Lvov, Roven va Ternopol viloyatlarini o‘zlashtirib olishdir.
Varshavaning Kiyev yo‘nalishidagi harbiy-siyosiy faolligining yagona maqsadni – Ukrainaning g‘arbiy hududlarini uzib olishi istagidir.
Lekin Moskva bunga yo‘l qo‘yimaydi, AQSh va NATO “suveren” Polshani Ukrainaga qo‘shin tortib kirishga qanchalik undamasin.
Varashavaning Ukrainadagi “tinchlikparvar” loyihasi 21-mart kuni boshlangan edi. Polshaning Ukrainadagi sobiq elchisi Andrey Deshitsa Ukrainaiin "24 kanali" efirida Polsha Rossiyaning ehtimoliy bostirib kirishiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan edi. Ushbu hodisa ham Bu ham voqealar zanjirida bejizga paydo bo‘lmagan.
Bir necha kun oldin esa Krakovda havo xavfidan ogohlantirish tizimini sinovdan o‘tkazilgan edi. “NATOning tinchlikparvar missiyasi”ning muvaffaqiyati ehtimolini baholashgan Polsha OAVLari esa Rossiyaning faqat Yevropa qismida joylashgan qurolli kuchlari “Polsha armiyasidan uch baravar kuchli” degan xulosaga kelishgan.
Bunday axborotlar tarqatish, Polsha G‘arbiy Ukrainaning to‘rt viloyatini o‘zlashtirib olish niyatida, qo‘shinlarning Volin, Lvov, Roven va Ternopol viloyatlariga kirishi oldidan amalga oshirilayotgan himoya operatsiyasining bir qismi bo‘lishi mumkin.
AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild ham 20-mart kuni AQSh o‘z qo‘shinlarini Ukrainaga kiritmasligini, lekin NATOning biror davlati o‘z tashabbusi bilan Ukraina hududiga kelishi mumkinligini aytgan edi. Albatta Polsha bayrog‘i ostida ukraina hududida NATOning bir necha davlati askarlari harakat qilishi mumkin. Varshava ustid yadroviy tutun ko‘tarilish ehtimoli ortmoqda.
NATOning 24-mart kuni bo‘lib o‘tadiga navbatdan tashqari sammiti vaziyatga aniqlik kiritadi, lekin AQSh qo‘li bilan Polsha va boshqa Yevropa davlatlarni “Rossiya agressiyasini to‘xtatish”ga undash – Yevropa va AQSh uchun suiqasddek ko‘rinmoqda.
NATOning 30ta a’zosidan 17tasi "proxy war" nomli avanturaga aralashgan. Ular Ukrainaga qurol-aslaha, harbiy instruktorlar va boshqa harbiy yordam berish bilan shug‘ullanishmoqda. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevroittifoq raisi Sharl Mishel bilan 21-mart kuni bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng "NATO stoila xavfli takliflar turibdi" deb bejizga aytmagan edi.
Polsha va alyansning boshqa davlatlarining yadroviy qurolga ega bo‘lgan qudratli davlatga qarshi Ukrainadagi harbiy harakatlarga aralashuvi, Uchinchi jahon urushi boshlanishiga teng bo‘lishi mumkin. Bu esa butun insoniyatni katta ofatga olib kelishi mumkin. Bunda Rossiya o‘z hududlarini himoya qilayotgan bo‘lsa, NATO o‘ylab topilgan “qadriyatlarni”, puflab shishirilgan “demokratiyani” va Amerika yakkahokimligini himoya qilmoqda.
Kiyevning qaytishi
Rossiyaning havo desant qo‘shinlari 21-mart kuni Ukraina poytaxtiga yana bir necha kilometrga yaqinlashishdi va yer ostida joylashgan yashirin qo‘mondonlik punktini qo‘lga kiritishdi. Rossiya askarlari Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) va millatchi batalonlarini siqib chiqarishdi, ko‘plab qurol aslaha va bir necha T-64 va E-72 tanklarini egallab olishdi. Shuningdek Germaniyaning Panzerfaust-3 granatomotlari hamda NATOning ko‘chma zenit-raketa majmualarini qo‘lga kiritishdi.
Rossiya Ukrainaning barcha hududlarini ildam demilitarizatsiya qilishda davom etmoqda. Bunday axborotni kiyev rejimi ukraina jamoatchiligiga xabar qilmaydi, lekin G‘arb hammasini allaqachon tushungan. Bu Vashingtonning “Ukraina” nomli millatchi davlat geosiyosiy loyihasining muvaffaqiyatsiz barbod bo‘lishidir. AQSh razvedkasi yaqin10 kun ichida Rossiya qo‘shinlari Kiyevni to‘liq qurshovga olishini ma’lum qildi. Amerikaliklar poytaxt himoyasini mustahkamlashga chaqirishmoqda, lekin buning uchun kuchlar va vosita yetishmaydi.
Bu Ukraina g‘arbida “Ikkinchi front” ochish uchun aynan qulay vaqt bo‘lishi mumkin. Lekin Belarus hududida joylashtirilgan, 400 km masofaga zarba bera oladigan "Triumf" havo mudofaa tizimlari Butun Ukraina osmonini ishonchli himoya qilib turibdi. Shu sababli ham chaqirilmagan mehmonlar bu yerda uzoq vaqt ucha olmaydi.
Rossiyaning jangovar samolyotlari va vertolotlari, yuqor aniqlikda zarba beruvchi "Kinjal", "Kalibr" va "Iskander" raketalari to‘xtovsiz ravishda UQK va xorijiy yollanmalar pozitsiyalarini yakson qilib kelmoqda. Gipertovushli “Kinjal” raketalarini to‘xtatib bo‘lmasligini hatto AQSh prezidenti Djozef Bayden ham tushundi: "Kinjal" gipertovushli raketalarini to‘xtatishning iloji yo‘q. Uni qo‘llash mumkin bo‘lgan barcha vaziyatlarda tashabbus to‘liq Rossiya qo‘shinlari tomonida. G‘arb ekspertlari maxsus operatsiyaga Belarus harbiylarining qo‘shilishini ham ehtimoldan xoli emas deyishmoqda. Xullas “hamkorlar” qayoqqa bosh suqishga urinmasin – hamma joy ishonchli himoyalangan.
Yevropa ittifoqida haligacha Rossiyani siyosiy va iqtisodiy ajratish haqida bosh qotirishmoqda. Estoniya TIV rahbari Yeva-Mariya Liymets aytishiga ko‘ra - ular navbatdagi kuchli cheklov choralarini tayyorlashmoqda... Xususan, Rossiyaning muzlatilgan mablag‘larini Ukraina harbiy harakatlar tufayli yetkazilgan zararni qoplashga yo‘naltirish haqda o‘ylashmoqda.
Lekin Fransiya TIVi bugun ma’lum qilishiga ko‘ra, Rossiya MBning Fransiyada muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga berish rejalashtirilayotgani yo‘q. G‘arb tomonidan o‘ylab topilgan “izolyatsiya” Rossiya tashqi siyosatiga ta’sir qilmaydi.
Politico nashri yozishiga ko‘ra, Baydenning Yevropaga sayohatining bosh va yetib bo‘lmas maqsadi – Ukrainaga yordam berish emas, Rossiya gazi va neftini sotib olishni kamaytirishdan iborat. Nashr yozishiga ko‘ra, Vashingtonning Moskvaga bosimi G‘arb va Sharq o‘rtasidagi tafovutni kamaytirmaydi, AQShga dunyo yetakchiligini ushlab qolishda yordam bermaydi – kollektiv G‘arb o‘z harakatlarida hech qachon bu darajada yolg‘iz bo‘lmagan.
Darhaqiqat, AQSh va YeIning “Rossiyani jazolash” siyosatiga Xitoy, Hindiston, Vyetnam, JAR, Braziliya va boshqa ko‘plab davlatlar – insoniyatning katta qismi qo‘shilgani yo‘q. Shu bilan birga har bir davlat Vashingtonning xudbin talablarini bajarmagan holda Moskva kabi “dushman”ga aylanishi mumkin. Hatto AQSh oldidan doimo bosh egishga tayyor bo‘lgan yaponlar ham Zelenskiy 1941-yildagi yaponlarning Porl-Xarborga hujumini “Amerikaga nisbatan uyushtirilgan terrorchilik” deganidan so‘ng, Ukrainaga rahmi kelmay qo‘ydi.
Oqibatda, Vashingtonning Ukraina eksperimentining mavhum kelajagi quyidagicha: “gegemon”ning avtoriteti yana pastga tushishi, NATO davlatlarida millionlab qochqinlar, YeI va AQShda jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklar, dollar va yevro hamda umumjahon to‘lov tizimlariga ishonch yo‘qolishi.
Kiyev rejimi esa mamlakatni jarlik tomon yetaklashda davom etmoqda. Ular hatto partizan urushi strategiyalarini tayyorlashmoqda. Bosh shtabga Rossiya qo‘shinlarini “charchatish” vazifasi topshirilgan. Maqsad – Rossiya Ukrainaning referendum haqidagi taklifiga rozi bo‘lishi. Naqadar uzoqni ko‘ra bilmaslik. Ukraina davlatchilining xavfsizligini faqat Rossiya Qurolli kuchlari ta’minlashi mumkin – Kiyevda, Xarkovda, Odessa va Nikolayevda joylashgan harbiy garnizonlar, oldingi yuz yillar davomida bo‘lgani kabi.
Ukrainada o‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovlari aholining 74% Rossiya bilan tinchlik tarafdori ekanini ko‘rsatdi, lekin Kiyev rejimining maqsadi boshqa. UQK (milliy gvardiya) mamlakat hududining oltidan bir qismini minalashtirgan (82 ming km2) dengiz akvatoriyasini va tinch aholini shaharlardan chiqarmasdan ularni kuch bilan “tirik qalqon” sifatida ushlab turibdi. Prezident Vladimir Zelenskiy tarixda o‘z xalqi manfaatlarini xorijlik xo‘jayinlarga to‘liq sotgan rahbar - Mazepa 2.0 sifatida esda qoladi.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning telegram kanaliga obuna bo‘ling