Pandemiya tobora chekinmoqda – SSV

© REUTERSTest na koronavirus
Test na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2022
Obuna bo‘lish
Kecha 14 ta hududdan faqat ikkitasida koronavirusga chalinish holatlari qayd etildi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Pandemiya tobora chekinmoqda, kecha O‘zbekistonda atigi 7 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Yangi kasallanish holatlarining 2 tasi Namangan viloyatida, 5 tasi esa Toshkent shahrida qayd etilgan.
Shu tariqa mamlakatda koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 237 527 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 235 187 (+41) nafari tuzalib ketgan. Bir kecha kundan buyon koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmayapti va qurbonlar soni 1637 nafarligicha qolmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda jami 47,6 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanilgan. Emlanishi kerak bo‘lgan aholining 92,3 foizi birinchi dozani olishga ulgurgan, 74,2 foizi esa to‘liq emlanib bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0