Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Lavrov Ukrainaga NATO tinchlikparvarlarini jo‘natish oqibatlaridan ogohlantirdi

© Sputnik / Russian Foreign Ministry / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov na press-konferensii po itogam vstrechi s glavoy MID Ukraini Dmitriyem Kuleboy v Antalye
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov na press-konferensii po itogam vstrechi s glavoy MID Ukraini Dmitriyem Kuleboy v Antalye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2022
Obuna bo‘lish
Lavrov: Ukrainaga NATO tinchlikparvar kuchlarini yuborish Rossiya armiyasi va alyans kuchlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishiga olib keladi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Ukrainada NATO tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish Rossiya armiyasi va alyans kuchlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishiga olib keladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MGIMO talabalari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Rossiya TIV rahbari Polsha rasmiylari u yerga qo‘shinlarni jo‘natish zarurligi haqida bot-bot takrorlab kelayotgani eslatdi.
“Umid qilamanki, ular nima haqida gapirayotishganini tushunishadi. Bu ko‘pchilik nafaqat yo‘l qo‘ymaslik, balki umuman bo‘lmasligini aytayotgan o‘sha Rossiya va NATO qurolli kuchlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishi bo‘ladi”, - dedi Lavrov.
Shu bilan birga Rossiya vaziri Polsha Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini jo‘natishni taklif qilib, Lvovda shtab-kvartira ochishni xohlab, keyin u yerda qolishni istayotgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi.
Avvalroq Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiy Ukraina o‘z hududiga “istagan kishisini”, jumladan, NATO tinchlikparvarlarini taklif qilish huquqiga ega ekanini ma’lum qilgan edi.
16 mart kuni esa Polsha bosh vazirining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Polshaning “Qonun va adolat” hukmron partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy Ukrainaga NATOning tinchlikparvar kuchlarini yuborishni taklif qilgan edi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.
Yangiliklar lentasi
0