https://oz.sputniknews.uz/20220322/toshkentda-nogironligi-bolgan-tadbirkorlarni-qollab-quvvatlash-markazi-ochildi-23482467.html
Toshkentda nogironligi bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi
Toshkentda nogironligi bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Markazning asosiy maqsadi nogiron vatandoshlar va ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xayriya tadbirlarini o‘tkazishdan iborat. 22.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-22T14:44+0500
2022-03-22T14:44+0500
2022-03-22T14:44+0500
jamiyat
nogironligi bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/16/23482433_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_3f8e05bbc1c382d53f3c4fd1710533c1.jpg
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Nogironlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi. Markaz Ijtimoiy turizm assotsiatsiyasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi hamkorligida tashkil etilgan.Markazining asosiy vazifalari:Turizm va madaniy meros vazirligi Ijtimoiy turizm assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda "Sayohat barcha uchun" loyihasi doirasida 50 nafar imkoniyati cheklangan fuqaro uchun Samarqand va Buxoro shaharlariga ikki kunlik turistik sayohatlar tashkil etgan. 2022-yil davomida mazkur loyiha doirasida 200 kishining Samarqand shahriga sayohatlarini tashkil etish rejalashtirilgan.Turistlar uchun sarflanadigan xarajatlarning 50 foizi grant mablag‘lari, 50 foizi esa xayriya mablag‘lari hisobidan qoplanishi taxmin qilinmoqda.Markaz "Toshkent-24" uyidagi "Navro‘z" etnoparkida joylashgan.Nogironligi bo‘lgan shaxslarga bir xil nafaqa to‘lanadi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/16/23482433_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b9c4e22c26f96a595ce9cd2f956414d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, nogironligi bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi
jamiyat, nogironligi bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi
Toshkentda nogironligi bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi
Markazning asosiy maqsadi nogiron vatandoshlar va ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xayriya tadbirlarini o‘tkazishdan iborat.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Nogironlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi. Markaz Ijtimoiy turizm assotsiatsiyasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi hamkorligida
tashkil etilgan. Markazining asosiy vazifalari:
inklyuziv turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
nogironlarning harakatlanishi uchun sharoit yaratishga ko‘maklashish;
ijtimoiy turizm sohasida davlat dasturlari, huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlar loyihalarini ishlab chiqish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
turistik obyektlarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish;
Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoraqalpog‘istonda qulay turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish;
vazirliklar va boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda xayriya tadbirlarini tashkil etish.
Turizm va madaniy meros vazirligi Ijtimoiy turizm assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda "Sayohat barcha uchun" loyihasi doirasida 50 nafar imkoniyati cheklangan fuqaro uchun Samarqand va Buxoro shaharlariga ikki kunlik turistik sayohatlar tashkil etgan. 2022-yil davomida mazkur loyiha doirasida 200 kishining Samarqand shahriga sayohatlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Turistlar uchun sarflanadigan xarajatlarning 50 foizi grant mablag‘lari, 50 foizi esa xayriya mablag‘lari hisobidan qoplanishi taxmin qilinmoqda.
Markaz "Toshkent-24" uyidagi "Navro‘z" etnoparkida joylashgan.