Navoiyda fuqaroning ustiga qizib turgan yog‘ni sepib yuborgan ayol qo‘lga olindi

© pexels.com/Cats ComingChelovek, derjashiy krasniy gorshok, napolnenniy vodoy
Chelovek, derjashiy krasniy gorshok, napolnenniy vodoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2022
Obuna bo‘lish
Navoiyda fuqaro farzandlari bilan boshqa bir ayolni do‘pposlagan. Bundan tashqari, uning ustiga qizib turgan yog‘ni sepib yuborgan.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Navoiy viloyati Karmana tumanida fuqaroning ustiga qizib turgan yog‘ni sepib yuborgan ayolga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, voqea 9-mart kuni soat 07:30 larda Karmana tumani "Beshkent" mahallasidagi umumiy ovqatlanish joyida sodir bo‘lgan. 38 yoshli Sh.D. qizi bilan birgalikda u yerda o‘zaro janjal ko‘tarib, fuqaro B.N.ni qo‘l va oyoqlari bilan urgan. Bundan tashqari, uning ustiga qizib turgan yog‘ni sepib yuborgan.
Tibbiyot xulosasiga ko‘ra, B.N.ga o‘ng qo‘l bilak sohasi va barmoqlarining taxminan 2-3 foiz yuzasi I-II darajali kuygan.
Fuqaro bu bilan chegaralanmagan. 18-mart kuni taxminan soat 17:30 larda o‘g‘li bilan yana o‘sha joyda fuqaro B.N. bilan janjallashgan. Janjal vaqtida urib-tepib, unga tan jarohati yetkazgan.
Qashqadaryoda fuqaro yashin urishidan vafot etdi
Ta’kidlanishicha, fuqaro Sh.D. va uning voyaga yetmagan farzandlari bir guruh bo‘lib sodir etgan mazkur harakatlarga tergov jarayonida huquqiy baho beriladi.
Hozir Sh.D. hibsga olingan va unga nisbatan Jinoyat kodeksining “Bezorilik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda
Yangiliklar lentasi
0