NATO "tinchlikparvarlari"ga "Xanjar"li ogohlantirish

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishZapusk noveyshix giperzvukovix raket "Kinjal"
Zapusk noveyshix giperzvukovix raket Kinjal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2022
Obuna bo‘lish
Polshaning Ukrainadagi "tinchlikparvar" operatsiyasi muhokama qilinishi kutilayotgan NATO sammiti arafasida, Moskva Kaspiy dengizdan turib Ukrainaning g‘arbiy chegarasi yaqinidagi nishonlarga gipertovushli raketalar bilan zarba bermoqda.
Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiylarini o‘qqa tutishda davom etmoqda. O‘tgan ikki kun dam olish bo‘lishiga qaramasdan zarbalar to‘xtagani yo‘q. Asosiy “e’tibor” Ukrainaning Janubiy va G‘arbiy hududlariga qaratilgan.
Rossiya maxsus harbiy operatsiyani ko‘p tarmoqli va oldindan bilib bo‘lmas taktika bilan o‘tkazmoqda. Zarbalar turli tomonlardan yuqori aniqlikda raketalar yordamida berilmoqda. Buning natijasida Rossiya nazorati ostiga o‘tgan Ukraina hududlari ildam kengaymoqda. Hatto mamlakat ichkarisida bo‘lgan raqib ham qurolsizlantirilmoqda.
Muhim harbiy obyektlar, artilleriya o‘t ochish pozitsiyalari, strategik arsenallar, Ukraina Harbiy kuchlarining muhim harbiy obyektlari, xorijiy yollanma askarlar to‘planish markazlari, yoqilg‘i omoborlari va Ukraina harbiy sanoat majmualari – nishonga aylanmoqda.
Maxsus harbiy operatsiya davomida Rossiya qo‘shinlari strategik muhim forpostlarni egallash bilan bir vaqtda front ichkarisida logistika va eshelonlashgan mudofaa tizimini ham qurishmoqda. Rossiya zarbalarining faolligi va samaradorligi doimiy ravishda oshib bormoqda. O‘tgan ikki sutkada ham, dam olish kuni bo‘lishiga qaramasdan, Ukraina Qurolli kuchlariga (UQK) zarba berish to‘xtagani yo‘q. Asosiy “e’tibor” Janubiy va G‘arbiy hududlarga qaratilmoqda.
O‘tgan tunda esa qanotli raketalar yordamida yuqori aniqlikda berilgan zarba bilan Polsha chegarasidan 160 km masofada Roven viloyatida joylashgan xorijiy harbiylarni va ukrain millatchilarini tayyorlash markazi yo‘q qilindi. Novaya Lyubomirka poligoni bo‘ylab berilgan zarba oqibatida 80ta mutaxassis yo‘q qilindi. Bir vaqtning o‘zida Belarus chegarasidan 20 km masofada Seles aholi punktidagi o‘q-dori omborxonasi ham yo‘q qilindi.
Gipertovushli “Kinjal” va qanotli “Kalibr” raketalari yordamida Jitomir viloyatida Maxsus operatsiyalar markazi harbiy-texnik bazasi hamda 100dan ortiq xorijiy harbiy instruktorlar yo‘q qilindi. Ushbu raketalar Kaspiy dengizi akvatoriyasida joylashgan Rossiya harbiy kemalaridan uchirildi va ularQrim osmoni ustidan uchib o‘tdi.
Yavorovskiy poligonidan (180 xorijiy yollanma askarlar yo‘q qilingan) so‘ng ushbu ikki tayyorlov markazlarining yo‘q qilinishini G‘arb juda og‘riqli bo‘ldi. Ukrainaga kelayotgan xorijiy “yollanma askarlar” va “tinchlikparvar”larning bo‘lajak taqdiri barcha uchun ayon bo‘ldi.
Nikolayevskdagi kema qurish zavodiga berilgan zarbaning asosin maqsadi u yerda joylashgan qurol-aslaha ombori bo‘ldi. Bir yo‘la Ukraina harbiylarining blokpostlari va yaqin atrofdagi mudofaachilarga ham “tegdi”.
Biroz oldin Nikolayevsk viloyatida joylashgan 79-desantchi-hujumchi brigada bazasi va Konstantinovka aholi punkti yaqinidagi Ukraina armiyasining asosiy yoqilg‘i omborlari yo‘q qilingan edi. Zarbalar oqtibatida Ukraina 79- desantchi brigadasi 90 % shaxsiy tarkibildan mahrum bo‘ldi. Nikolayevsk va Odessa viloyatlarida yoqilg‘i zahiralari tugab bormoqda. O‘q-dori ham muammoga aylanmoqda.
Bir necha kun oldin Rossiya Qora dengiz floti “Kalibr” raketalari bilan Chernigov viloyatidagi Nejin shahrida joylashgan bronetexnikani ta’mirlash sexlariga zarba bergan edi. Shunday qilib Ukrainada harbiy texnikani ta’mirlash ustaxonalari qolmadi.
Ukraina fuqarolarini qayta-qayta mobilizatsiya qilish Qurolli kuchlarning jangovar qobiliyatini oshirayotgani yo‘q. Ukraina QKlarining “kontrhujumi” hozircha faqat ukrain propagandasining virtual realligida kuzatilmoqda.

“Haqiqiy do‘zax”

Rossiya tomonidan gipertovushli nostandart yndashuv Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishda sezilarli natija bermoqda. Kiyev atrofida qurshov halqasi toraymoqda.
Ukraina poytaxtidan 15 km g‘arbda joylashgan Nikolayevka aholi punktida, Rossiya harbiylari Ukraina QKlarining yer ostida joylashgan, himoyalangan qo‘mondonlik puntkini egallab oldi. Hujum vaqtida Ukrain harbiylaridan 60 nafari o‘z ixtiyori bilan qurol topshirishdi. Ularning orasida katta ofitserlar ham bor. Kiyev G‘arbida “Roman Velikiy" nomli 14-motoo‘qchi brigada ham qarshilikni to‘xtatdi.
Mariupolni tozalash va "Azov", "Aydar" va "Donbass" millatchi batalonlarini yo‘q qilish operatsiyasi davom etmoqda. Kiyev rejimi UQKlari yo‘qotishlarini yashirish tobora qiyinlashib bormoqda.
G‘arbdan kelgan yollanma askarlaring aksariyati Polshaga qaytishdi. U yerda turib ulars Ukrainadagi “haqiqiy do‘zax” haqida hikoya qilib berishmoqda. Bu so‘zlar bo‘rttirilgan emas. Rossiyaning qanotli va gipertovushli raketalari quvvati “Solnsepok” o‘t ochish tizimining quvvati ham qo‘shilmoqda. Ushbu tizim Donbassda ilk bor 20-mart kuni ukrain millatchilariga qarshi qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, T-72 platformasida joylashgan "Solnsepok" yoppasga o‘t ochish tizimi dushmanning tirik joni va yengil zirhlangan texnikasini yo‘q qilishga qaratilgan. Reaktiv snaradlar asosiy kuchlar hujumi oldidan 6kmgacha bo‘lgan hududni ishonchli tozalaydi. Zarba berish quvvati bo‘yicha TOS-1A "Solnsepok" faqat taktik yadroviy quroldan ortda turadi.
Xorijiy yollanmalarning aksariyati Iroq va Afg‘onistonda tajriba orttirgan, lekin tayyorlangan Rossiya Qurolli kuchlariga qarshi kurashga tayyor emas. “NATOning ajalbardor snayperi”, Kanada 22-piyodalar polkining “Vali” laqabli veterani – Ukrainada juda tez qurbon bo‘ldi.
Amerikalik harbiy tahlilchi, sovet va rossiya qo‘shinlarini o‘nlab yillar davomida o‘rgangan, Skot Ritter, yozishiga ko‘ra, “Rossiya klassiya ko‘p vektorli strategiyani qo‘llamoqda. Ya’ni, Rossiya QK raqibni muhim harbiy obyektlarini yo‘q qilib, qo‘shinlararo aloqarni uzib tashlagan, mustahkamlangan harbiy hududlarini aylanib o‘tib, eng yaxshi tayyorlangan harbiy qismlarini qurshovga olmoqda va Ukraina tomonga tashabbusni egallab olishga imkon bermayapti”.
Ritter shuningdek, Rossiya qo‘shinlarining harakatlarni juda ildamligini qayd etmoqda. “Yangi tarixda eng tez hujum” deb baholamoqda mutaxassis va Ukrainaning son bo‘yicha bir necha barobar ustun qo‘shinlarining qaqshatqich mag‘lubiyatga uchrayotganini qayd etmoqda.
Amerika razvedkasi veterani Rebekka Koffler xulosasiga ko‘ra, Rossiyaning gipertovushli raketalar yordamida zarba berishi – “geosiyosiy hududda o‘yin qoidalarini o‘zgartiradi” va bu G‘arb uchun “strategik belgidir”.
RAND taniqli harbiy-tahliliy markazi Kiyevga Moskva bilan tinchlik shartnomasi imzolashni taklif qilmoqda. Belarus ushbu mojaroga aralashganidan so‘ng kech bo‘ladi, deb hisoblaydi markaz. Tahlilchilar xulosasiga ko‘ra, Belarus aralashuvi Rossiyaning Ukraina ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishiga va SSSR 2.0 tashkil topishiga olib keladi.
Ukraina vaziyatida NATOning Rossiyaga qaraganda naqadar kuchsiz ekani ko‘rnib qoldi. AQSh har kuni Ukrainaga qo‘shin jo‘natmasligini e’lon qilmoqda. Vashington NATOning biror bir davlati o‘z xoxishi bilan Ukrainaga qo‘shin yuborishi mumkinligini ehtimoldan xoli emas demoqda. Pentagon rahbari Lloyd Ostin Bolgariyani “o‘limga baravar ish” - Ukrainaga yordam berishga majburlashga urinmoqda.
NATOning navbatdan tashqari sammitida Polshaning Ukrainadagi tinchlikparvar “tashabbusi” muhokama qilinadi. Brusselda 24-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ushbu sammit arafasida Moskva bekorga Ukrainaning aynan Polsha va NATOning boshqa a’zolari chegaralari yaqinidagi nishonlarga gipertovushli raketalar yordamida zarba berayotgani yo‘q.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.
Yangiliklar lentasi
0