Xitoy janubida yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi – video

CC BY-SA 3.0 / Aeroprints.com / Passajirskiy Boeing 737 aviakompanii China Eastern razbilsya na yuge Kitaya
Passajirskiy Boeing 737 aviakompanii China Eastern razbilsya na yuge Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2022
Obuna bo‘lish
Bortida 133 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan “China Eastern” aviakompaniyasi samolyoti qulab tushdi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. “China Eastern” aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Samolyot Guansi-Chjua avtonom tumanining Uchjou okrugidagi tog‘li joyda qulab tushgan. Uning bortida 133 kishi bo‘lgan.
Flightradar ma’lumotlariga ko‘ra, halokatga uchragan “China Eastern” samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 13:15 da Kunmindan uchgan va Guanchjou tomon yo‘l olgan. Soat 14:20 atrofida Uchjou hududida tezlikni keskin kamaytira boshlagan va qulay boshlagan. Shundan so‘ng radar ekranlaridan yo‘qolib qolgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot hozircha kelib tushmagan. Qidiruv va qutqaruv ishlari boshlab yuborilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda samolyotning ehtimoliy qulagan joyi aks etgan videolar tarqalmoqda. Hodisa joyida o‘rmon yong‘ini boshlangani aytilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0