Rossiya harbiylari Xersonga 75 tonnadan ziyod gumanitar yordam yetkazib berishdi

Obuna bo‘lish
Rossiya harbiy xizmatchilari Xerson va unga yaqin aholi punktlariga 75 tonnadan ziyod gumanitar yordam yetkazib berishdi.
Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
U yerdagi har bir yordamga muhtoj aholiga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat to‘plamlar tarqatilgan: makaron, shakar, kartoshka, meva, konserva va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari.
Ta’kidlanishicha, hozir Xersonda do‘kon va bozorlar ochilmoqda, lekin mahalliy tadbirkorlar mahsulotlar yetishmasligi sabab ular narxini sezilarli ravishda oshirishmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, aholining hukumat va ish beruvchilar maosh va ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatib qo‘yishgani sabab oziq-ovqat sotib olishga pullari yo‘q. Shu bois Xersonning katta aholisi har kuni Rossiyaning gumanitar yordamini olishga kelmoqda.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.
Yangiliklar lentasi
0