https://oz.sputniknews.uz/20220321/rossii-sudi-ekstremistik-faoliyati-uchun-facebook-va-instagramni-taqiqladi-23469648.html
Rossiya sudi ekstremistik faoliyati uchun Facebook va Instagramni ta’qiqladi
Rossiya sudi ekstremistik faoliyati uchun Facebook va Instagramni ta’qiqladi
Sputnik O‘zbekiston
Meta kompaniyasi Rossiya harbiylariga nisbatan tajovuzkor chaqiriqlarga ruxsat berganidan so‘ng - Bosh prokuratura Facebook va Instagramni ekstremistik tashkilot sifatida blokladi.
2022-03-21T19:47+0500
2022-03-21T19:47+0500
2022-03-22T09:01+0500
rossiya
ijtimoiy tarmoq
feysbuk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0c/23284154_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_cc8a6cad9a02a871548e39177c16ec70.jpg
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Moskva shahar Tverskoy tumani sudi dushanba 21-martdan boshlab Rossiya hududida Facebook va Instagramni ekstremistik faoliyati uchun ta’qiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.Sud qarori darhol kuchga kirdi. Undan tashqari ushbu ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya harbiylari va rossiyaliklarni o‘ldirishga chaqiriqlar holatlari tez tez uchrab turibdi. Prokuror WhatsApp messenjeri ishlashiga ta’qiq kiritilmaganini ta’kidlab o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Meta "ayrim davlatlarda" Rossiya harbiylari va rossiyaliklarga nisbatan tajovuzkor chaqiriqlar qodirishga ruxsat bergan edi. Keyinchalik kompaniya o‘z talabini biroz o‘zgartirdi, lekin Rossiya huquqni saqlash organlari uchun ushbu qadam allaqachon "so‘nggi tomchi" bo‘lishga ulgurgan edi. Rossiya Bosh prokuraturasi Meta kompaniyasiga nisbatan uni ekstremistik tashkilot deb tan olish to‘g‘risida jinoyat ishini boshlagan edi. Ayni damda Rossiyaning barcha hududlarida Instagram va Facebookka kirish bloklangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0c/23284154_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_59c9937a5c75473a5e80ede9f4eec31e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
meta rossiya facebook instagramni ekstremistik tashkilot blokladi
meta rossiya facebook instagramni ekstremistik tashkilot blokladi
Rossiya sudi ekstremistik faoliyati uchun Facebook va Instagramni ta’qiqladi
19:47 21.03.2022 (yangilandi: 09:01 22.03.2022) Meta kompaniyasi Rossiya harbiylariga nisbatan tajovuzkor chaqiriqlarga ruxsat berganidan so‘ng Bosh prokuratura Facebook va Instagramni ekstremistik tashkilot sifatida blokladi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Moskva shahar Tverskoy tumani sudi dushanba 21-martdan boshlab Rossiya hududida Facebook va Instagramni ekstremistik faoliyati uchun ta’qiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Sud qarori darhol kuchga kirdi.
Rossiya Bosh prokuraturasi o‘z da’vosini Rossiya Fuqarolari huquqlari buzilishini oldini olishga qaratilgan deb izohladi. Chunki bundan oldin Instagram Rossiya vakolatli organlarining Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi haqida 4,5 mingdan ortiq feyklarni o‘chirish haqidagi talabini inkor qilib kelgan. Shuningdek aholini noqonuniy mitinglarga chiqishga da’vat qilgan.
Undan tashqari ushbu ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya harbiylari va rossiyaliklarni o‘ldirishga chaqiriqlar holatlari tez tez uchrab turibdi.
Prokuror WhatsApp messenjeri ishlashiga ta’qiq kiritilmaganini ta’kidlab o‘tdi.
Sudda Meta kompaniyasi vakili ijtimoiy tarmoq ko‘pchillik foydalanuvchilarga kerak ekanini, undagi zararli axborot kerakli ma’lumotlarga nisbatan juda kam miqdorda ekanini va sud qarori qabul qilinganda, foydalanuvchi barcha ma’lumotdan mahrum bo‘lishini aytib e’tiroz bildirdi. Shuningdek kompaniya barcha jarimalarni to‘laganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Meta "ayrim davlatlarda" Rossiya harbiylari va rossiyaliklarga nisbatan tajovuzkor chaqiriqlar qodirishga ruxsat bergan edi. Keyinchalik kompaniya o‘z talabini biroz o‘zgartirdi, lekin Rossiya huquqni saqlash organlari uchun ushbu qadam allaqachon "so‘nggi tomchi" bo‘lishga ulgurgan edi.
Rossiya Bosh prokuraturasi Meta kompaniyasiga nisbatan uni ekstremistik tashkilot deb tan olish to‘g‘risida jinoyat ishini boshlagan edi. Ayni damda Rossiyaning barcha hududlarida Instagram va Facebookka kirish bloklangan.