O‘zgidromet: 22-mart kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

CC0 / pexels.com / Kapli dojdya
Kapli dojdya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2022
Obuna bo‘lish
Respublika Gidrometeorologiya markazi 22-mart, seshanba kuni qanday ob-havo bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. O‘zgidromet 22-martda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +1…+3 daraja iliq, kunduzi +10…+12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…+5 daraja sovuq, kunduzi +3…+8 daraja iliq; Usturtda kechasi -10…-12 daraja sovuq, kunduzi +1…+3 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq +3 daraja iliq, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…+5 daraja iliq, kunduzi +10…+15 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…+5 daraja iliq, kunduzi +10…+15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+7 daraja iliq, kunduzi +11…+16 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+7 daraja iliq, kunduzi +8…+13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -2…-7 daraja sovuq, kunduzi 0…+5 iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0