O‘zbekiston va Rossiya qurilish sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

© Sputnik / Aleksey MayshevStroitelstvo novix domov v Moskve
Stroitelstvo novix domov v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston qurilish materiallari Rossiya bozoridagi g‘arb mahsulotlari o‘rnini egallashi mumkin.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston G‘arb sanksiyalari tufayli qurilish sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi. Bu haqda Rossiya Qurilish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya qurilish va uy-joy xo‘jaligi vaziri Irek Fayzulin O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botir Asadov bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida xorijdan olib kelinadigan qurilish resurslari o‘rnini O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan materiallar bilan qoplash imkoniyati ko‘rib chiqilgan. Buning uchun yaqin vaqtlar ichida ichki bozor ehtiyojini qondirish imkonini beradigan va resurslar o‘rnini egallaydigan qurilish materiallari ro‘yxati tayyorlanadi.
Fayzulinning so‘zlariga ko‘ra, hozirda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ikki davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, malakali kadrlarni jalb etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarga ega.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida O‘zbekistondan mutaxassislarni Rossiya qurilish obyektlariga jalb etish bo‘yicha tajriba loyihasi doirasida xodimlarning o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yish muhokama qilingan. O‘zbekistonda Rossiyadagi qurilish obyektlarida talabgir bo‘lgan asosiy ish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta maxsus ta’lim bazasi shakllantirilgan.
Ta’kidlanishicha, migratsiya sohasidagi masalalarni muhokama qilish Rossiyaga kelayotgan va yerda ishlash niyatida bo‘lganlarning malakasini oshirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun muhim.
Hozirgi geosiyosiy vaziyatda tashqi iqtisodiy strategiyani qayta ko‘rib chiqish, diversifikatsiya qilish, ayrim hollarda hamkorlik yo‘nalishlarini qayta yo‘naltirish masalalari muhim ahamiyatga ega. Birgalikdagi ishlar tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirish, qurilish materiallari va uskunalari kafolatlangan uzoq muddatli bozorni shakllantirish, shuningdek, yangi namunalar va texnologiyalarni yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0