Neft narxi $300 ga chiqishi mumkin - Novak

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMinistr energetiki RF Aleksandr Novak
Ministr energetiki RF Aleksandr Novak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya neftining aksariyati tankerlar yordamida eksport qilinadi, shu sababni eksport yo‘nalishini o‘zgartirish qiyin emas. Neft sotib olishga qo‘yilgan ta’qiqlar esa faqat uning narxi oshishiga olib keladi.
TOShKENT, 21 mar - Sputnik. G‘arb davlatlari Rossiya neftidan voz kechsa, neftning birja narxi 300 dollarga chiqishi mumkin, dedi Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak.
"Neft narxi, shartli ravishda 300 dollargacha chiqishi mumkin, ayrimlar hatto 500ni bashorat qilmoqda", - dedi Novak.
Rossiya bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Moskva neft eksportini diversifikatsiya qilishi ham mumkin.
"Neft bu quvur emas, u asosan tankerlarda eksport qilinadi. Shuni uchun uni boshqa davlatlarga ham sotish mumkin", - dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Novak aytishiga ko‘ra, Rossiya har qanday, hatto eng jiddiy cheklov ssenariylariga oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yishga harakat qilmoqda.
"Hech bo‘lmasa, biroz chegirma bilan sotish ham mumkin. Uni jon deb sotib olishadi. Kamroq pul ishlasak ham neftni sotishning ilojini topamiz", - deb hisoblaydi Novak.
AQSh va Britaniya Rossiya neftidan voz kechsa deyarli hech narsa o‘zgarmaydi, chunki bu davlatlarga yetkazib berilayotgan neft hajmi unchalik katta emas.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng, aksariyat G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llay boshladi. Birinchi navbatda bank sektoriga qarshi, keyin yuqori texnologiyalar sohasiga zarba berildi. Shundan so‘ng Rossiya samolyotlariga Yevropa osmonida uchish ta’qiqlandi. 8-mart kuni esa AQSh Rossiyadan neft importiga qarshi sanksiyalar kiritishini e’lon qildi. Undan so‘ng Britaniya ham shunga o‘xshash sanksiyalar kiritdi.
Kreml bunday qarshi choralarga kiritilishini bilganini va tayyorgarlik ko‘rganini ma’lum qildi. MB valyuta bozorida vaziyatni barqaror ushlab turishga harakat qilmoqda. Hukumat barcha ijtimoiy vazifalarini bajarmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytishiga ko‘ra, Rossiya rivojlanishini to‘xtatib turish, uni kuchsizlantirish - G‘arbning uzoq muddatli maqsadi va sanksiyalar dunyo iqtisodiga jiddiy zarar yetkazmoqda.
Yangiliklar lentasi
0