Mirziyoyev va Putin telefon orqali suhbatlashdi: yetakchilar nimalarni muhokama qilishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston rahbarlarining telefon orqali suhbati bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, O‘zbekiston prezidentining 2021-yil noyabrida Rossiyaga tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilingan.
Davlat rahbarlari Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi munosabati o‘zaro tabrik almashishgan.
Ikki mamlakatning strategik sherikligi va ittifoqchiligini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlangan.

“Vladimir Putin Donbass respublikalarini himoya qilishga qaratilgan maxsus harbiy operatsiyaning borishi haqida ma’lumot berdi. O‘zbekiston prezidenti Rossiyaning xatti-harakatlari va pozitsiyasini tushunishini bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, turli darajalarda aloqalarni davom ettirishga kelishib olingan.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.
Yangiliklar lentasi
0