Umra ziyoratini tashkil etish qisman sayyohlik firmalariga berilishi mumkin

© AP Photo / SAUDI TVPalomniki molyatsya vo vremya xadja
Palomniki molyatsya vo vremya xadja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2022
Obuna bo‘lish
Ramazon oyida Umra ziyoratini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha hamkor shirkat mas’ullari bilan o‘zaro muloqot olib borilmoqda.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Umra safarini sayyohlik firmalari orqali ham qisman tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilyapti. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Yurtdoshlarimizning Umra ziyoratiga bo‘lgan talab va istaklariniinobatga olib, Umra safarini sayyohlik firmalari orqali ham qisman tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.

Ma’lum qilinishicha, 20-mart kuni Umra-2020 mavsumida safar xarajatlarini to‘liq to‘lagan, lekin pandemiya sababli ziyoratga bora olmagan fuqarolarning oxirgi guruhlari Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi.
Shu bilan COVID-19 pandemiyasi sababli ziyoratga bora olmay qolgan 23 ming o‘zbekistonlikni Umra safariga yuborish ishlari to‘liq yakunlanadi.
Hozir Ramazon va Shavvol oylarida Umra safarini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy va amaliy ishlar jadal sur’atda olib borilmoqda.
Xabarda yozilishicha, Arabistonda mehmonxona va boshqa turdagi xizmatga talab oshishi Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlarining narxi ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
“Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan hamkor shirkat vakillari bilan Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra ziyorati yuzasidan muzokaralar olib borildi va belgilanadigan narx bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, Ramazon oyida xizmat ko‘rsatish narxlari oshayotgan bo‘lsada, Shavvol oyida (Ramazon oyidan keyin) Umra mavsumining oxirigacha ziyoratchilarning safar xarajatlari uchun amaldagi mavjud qiymat saqlab qolinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar oyida 2020-yil to‘lov qilib, qolib ketgan ziyoratchilar qo‘shimcha 4,7 million so‘m to‘lov qilishlariga to‘g‘ri kelgan edi. Bu pandemiya Umra xizmatlari ko‘rsatishga salbiy ta’sir ko‘rsatgani bilan izohlangan edi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda ikki yil avvalgi holatga nisbatan narx-navo ko‘tarilgan. Boz ustiga Saudiya Arabistonida 15 foiz qo‘shimcha qiymat solig‘i ham joriy etilgan.

Mavzuga oid:

Saudiya Arabistoniga safar qiladigan ziyoratchilarga yengillik berildi
Umra reyslari har kuni 2-marta amalga oshiriladi
Umra-2022: o‘zbekistonliklar uchun ziyorat qachon boshlanadi va uning narxi qancha
Yangiliklar lentasi
0