Toshkentdagi qo‘shma korxonada yuzaga kelgan yirik yong‘in sabablari aytildi

© Sputnik / Ilya PitalevPojar na sklade , arxivnoe foto
Pojar na sklade , arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2022
Obuna bo‘lish
FVV ma’lumotlariga ko‘ra, omborxonada yong‘in xavfsizligi talablariga zid ravishda meyoridan ortiq yonuvchi motor moyi saqlangani uning katta maydonga tarqalishiga sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) "Orient Logistik Center" MChJ qo‘shma korxonasida yuzaga kelgan yong‘in sabablarini ma’lum qildi.
Korxonaga qarashli omborxonada yuz bergan yong‘in murakkabligi, davomiyligi va maydoni nuqtayi nazaridan o‘ta jiddiy yong‘in sifatida baholanmoqda. Yong‘in 18-mart kuni taxminan soat 20 larda boshlangan bo‘lsa, oradan qariyb yetti soat o‘tib o‘chirilgan.
Birlamchi tahlillarga ko‘ra, yong‘in omborxonada saqlanmasligi lozim bo‘lgan yuk ko‘taruvchi mexanizatsiyalashtirilgan transportning elektr tizimida avariyaviy holat yuzaga kelganidan deb taxmin qilinmoqda.
Omborxonada aralash holda ko‘p kanselyariya mahsulotlari, gul qog‘ozlar, polietilen o‘ram mahsulotlari, quruq efir moddasi, shuningdek, u yerda yong‘in xavfsizligi talablariga zid ravishda meyoridan ortiq yonuvchi motor moyi saqlangani uning katta maydonga tarqalishiga sabab bo‘lgan.
“Yong‘inning kelib chiqish sabablari asosan tashkilot mutassadilari tomonidan obyektda har kunlik yong‘in xavfsizligi rejimini nazorat qilinmagani bilan bog‘liq bo‘lgan”, - deyilgan xabarda.
Latviya—O‘zbekiston qo‘shma korxonasida yuz bergan yong‘inni o‘chirishga yigirmadan ziyod yong‘in-qutqaruv avtotexnikasi, bir dona yong‘in-qutqaruv poyezdi va 6 dona suv tashish avtotexnikalari jalb etilgan.
Yangiliklar lentasi
0