Toshkentda Navro‘z shodiyonalari – video

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2022
Obuna bo‘lish
Do‘stlik bog‘ida “Makon Fest” milliy san’at va an’analar festivali boshlandi. Festival dasturi doirasidagi tadbirlarda o‘zbek xalqining boy an’analari va urf-odatlari jamlangan.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Toshkentdagi Do‘stlik bog‘ida “Makon Fest” milliy san’at va an’analar festivali boshlandi.
Festival dasturi doirasidagi tadbirlarda o‘zbek xalqining boy an’analari va urf-odatlari jamlangan: amaliy san’at durdonalari va milliy taomlar, betakror og‘zaki ijod va nomoddiy merosning eng sara namunalari hamda boshqalar o‘z ifodasini topgan.
Poytaxtning Yakkasaroy tumani hokimining muxbirimizga ma’lum qilishicha, xalq sayillari uch kun davom etadi. Poytaxt aholisi va mehmonlari hunarmandchilik yarmarkasi, ko‘rgazmalar, sport musobaqalari va konsert dasturlaridan bahramand bo‘lishadi.
Navro‘z bayramini qayerda nishonlash mumkin - manzillar
Respublikaning boshqa hududlarida ham Navro‘z katta shod-xurramlik bilan nishonlanmoqda.
2022 yilgi Navro‘z umumxalq bayrami prezident farmoni bilan mamlakatda "Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!" degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida keng nishonlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0