Toliblar Afg‘onistonning uch rangli milliy bayrog‘ini taqiqlashdi

© AP Photo / Khwaja Tawfiq SediqiFlag talibov
Flag talibov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2022
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonning uch rangli davlat bayrog‘idan davlat muassasalarida foydalanish taqiqlandi. Endi faqat toliblarning oq bayrog‘i ilinishi kerak.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Afg‘onistonda hukumat tepasiga kelgan “Tolibon”* harakati mamlakatning uch rangli milliy bayrog‘idan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda toliblarning tegishli farmoni qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, barcha hukumat muassasalari mamlakatda va uning tashqarisida endi faqat harakatning oq bayrog‘idan foydalanishi shart.
“Tolibon”* Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Lutfullo Habibiyning so‘zlariga ko‘ra, oldingi hukumat bayrog‘idan davlat muassasalarida foydalanish taqiqlanadi.

Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0