https://oz.sputniknews.uz/20220320/ozbekiston-va-rossiya-prezidentlari-bir-birini-qutladilar-23441722.html
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari bir-birini qutladilar
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari bir-birini qutladilar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi munosabati bilan bir-biriga tabrik yo‘lladi.
2022-03-20T12:25+0500
2022-03-20T12:25+0500
2023-04-05T18:36+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
tabrik
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/14/21444735_0:67:1281:787_1920x0_80_0_0_6e678a656ffa33417b2483a965db4825.jpg
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi munosabati bilan bir-biriga tabrik yo‘lladi.Mirziyoyevning tabrigida yozilishicha, keyingi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini misli ko‘rilmagan yuksak strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga erishilgan. Ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari yanada mustahkamlangan.O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘zaro tabrik almashishdiO‘zaro savdo rekord ko‘rsatkichlarga yetgan. Keng ko‘lamli sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda. Gumanitar hamkorlik rivojlanmoqda, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, san’at va ta’lim sohalaridagi aloqalar kengaymoqda.Putin o‘z tabrigida o‘tgan o‘n yilliklar mobaynida Rossiya va O‘zbekiston tomonidan barcha yo‘nalishlarda sermahsul hamkorlik bo‘yicha katta tajriba to‘planganini qayd etgan. MDH, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida konstruktiv sheriklik, mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yildi.Rossiya rahbari Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga esa farovonlik va ravnaq tilab qolgan.Rossiya va O‘zbekiston o‘tgan davrda mobaynida qanday yutuqlarlarga erishgani haqidagi ma’lumotlar bilan quyidagi Sputnik infografikasida tanishishingiz mumkin.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/14/21444735_70:0:1209:854_1920x0_80_0_0_1017e1727097f7245a06a05239f53c39.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev rossiya prezidenti vladimir putin diplomatik munosabatlar tabrik
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev rossiya prezidenti vladimir putin diplomatik munosabatlar tabrik
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari bir-birini qutladilar
12:25 20.03.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Bugun, 20-mart kuni, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30-yil to‘ldi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi munosabati bilan bir-biriga
tabrik yo‘lladi. Mirziyoyevning tabrigida yozilishicha, keyingi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini misli ko‘rilmagan yuksak strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga erishilgan. Ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari yanada mustahkamlangan.
O‘zaro savdo rekord ko‘rsatkichlarga yetgan. Keng ko‘lamli sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda. Gumanitar hamkorlik rivojlanmoqda, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, san’at va ta’lim sohalaridagi aloqalar kengaymoqda.
“Biz O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida bundan buyon ham izchil rivojlantirish va mustahkamlash niyatidamiz. Sizga mustahkam sog‘lik va davlatchilik faoliyatingizga yangi muvaffaqiyatlar, do‘st Rossiya xalqiga esa farovonlik va ravnaq tilayman”, - deyiladi O‘zbekiston rahbari maktubida.
Putin o‘z tabrigida o‘tgan o‘n yilliklar mobaynida Rossiya va O‘zbekiston tomonidan barcha yo‘nalishlarda sermahsul hamkorlik bo‘yicha katta tajriba to‘planganini qayd etgan. MDH, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida konstruktiv sheriklik, mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yildi.
“Rossiya-O‘zbekiston strategik sherikligi va ittifoqchiligini bundan buyon ham har tomonlama mustahkamlashimizga ishonaman. Bu, hech shubhasiz, do‘st xalqlarimizning manfaatlariga javob beradi, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadlariga mosdir”, - deyilgan Rossiya yetakchisi tabrigida.
Rossiya rahbari Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga esa farovonlik va ravnaq tilab qolgan.
Rossiya va O‘zbekiston o‘tgan davrda mobaynida qanday yutuqlarlarga erishgani haqidagi ma’lumotlar bilan quyidagi Sputnik infografikasida
tanishishingiz mumkin.