Chusovitina Qohiradagi Jahon kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi

© Foto: NOK UzbekistanaOksana Chusovitina
Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2022
Obuna bo‘lish
Tayanib sakrash dasturida qatnashgan Chusovitina 12.95 ball bilan shohsupadan joy oldi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Misr poytaxti Qohira shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Tayanib sakrash dasturida qatnashgan Chusovitina 12.95 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bellashuvda sloveniyalik Tiaza Kisselef 13.18 ballga loyiq ijro bilan g‘alaba qozondi. Kanadalik Lauri Denomi esa 12.85 ball bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi.
Tayanib sakrash, ayollar:
1.
Tiaza Kisselef (Sloveniya) – 13.18
2.
Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 12.95
3.
Lauri Denomi (Kanada) – 12.85
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 46 yoshli Oksana Chusovitina Qatar poytaxti Dohada o‘tgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida tayanib sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Yangiliklar lentasi
0