Armanistonda Rossiyani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aksiya bo‘lib o‘tdi – video

Obuna bo‘lish
Yerevandagi Shauman maydonida Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlovchi kishilar to‘planishdi.
Ular Armaniston va Rossiya bayroqlarini ko‘tarib olishgan edi. Ko‘pchilikning qo‘lida "Za denatsifikatsiyu i gumanizm" (Denatsifikatsiya va gumanizm uchun), "Za pravdu! Za spravedlivost" (Haqiqat uchun! Adolat uchun) va "Protiv fashizma soyuznik radom" (Fashizmga qarshi ittifoqchi yoningda) deb yozilgan plakatlar bor edi.
Aksiya qatnashchilari Rossiyaning Yerevandagi elchixonasi oldiga kelib ham uni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.
Yangiliklar lentasi
0