https://oz.sputniknews.uz/20220319/serdar-berdimuhamedov-turkmaniston-prezidenti-lavozimiga-kirishdi-23429543.html
Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston prezidenti lavozimiga kirishdi
Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston prezidenti lavozimiga kirishdi
Sputnik O‘zbekiston
Serdar Berdimuhamedov qasamod keltirdi va Turkmaniston prezidenti lavozimiga kirishdi.
2022-03-19T13:04+0500
2022-03-19T13:04+0500
2022-03-19T13:04+0500
dunyoda
turkmaniston
gurbanguli berdimuhamedovning o‘zbekistonga davlat tashrifi
serdar berdimuhamedov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23339356_0:130:3177:1917_1920x0_80_0_0_cd1325388e0f98e5e87287aedfd716bc.jpg
Serdar Berdimuhamedov qasamod keltirdi va Turkmaniston prezidenti lavozimiga kirishdi.Sobiq davlat rahbarining o‘g‘li navbatdan tashqari prezident saylovlarida 72,97 % ovoz to‘pladi.Serdar Berdimuhamedov amaldagi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li. U Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Turkmaniston parlamenti oliy palatasining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Gurbanguli Berdimuhamedov davlat boshqaruviga yoshlar kelishini, o‘zi esa Xalq maslahati raisi sifatida siyosiy tajribasini mamlakat taraqqiyotiga sarflashini ta’kidlagan edi.Serdar Berdimuhamedov Gurbanguli Berdimuhamedovning yagona o‘g‘li, 1981-yil 22-sentabrda tug‘ilgan. Oilali, bir o‘g‘il va uch qizning otasi.2001 yilda Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetini (muhandis-texnolog), 2011-yilda Rossiya TIV diplomatiya akademiyasida, 2011-2013 yillarda Shveysariyada Xavfsizlik siyosati markazida (Yevropa va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis) tahsil oldi.2001-2003 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan. 2003-2008 yillarda Davlat oziq-ovqat sanoati, 2008-2011-yillarda o‘qish davrida Turkmanistonning Moskvadagi elchisi maslahatchisi, 2011-2013-yillarda Turkmanistonning Jenevadagi doimiy vakili maslahatchisi lavozimlarida ishladi.2013-2017 yillarda TIVda Yevropa davlatlari bo‘limi boshlig‘i, neft va gaz obyektlarini ekspluatatsiya qilish davlat agentligi rahbari o‘rinbosari, TIV xalqaro teleradioeshittirish departamenti boshlig‘i lavozimlarida ishladi.2016 yildan deputat, qonunchilik bo‘yicha parlament qo‘mitasi rahbari bo‘ldi. 2018-yildan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, 2019-yildan Axal viloyati hokimi, 2020-yilda Turkmaniston sanoat va qurilish ishlab chiqarish vaziri, 2021-yilda Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari bo‘ldi.Xalqaro Axaltekin yilqichilik va “Turkman alabay” uyushmalari rahbari, Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy va it boquvchi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23339356_222:0:2953:2048_1920x0_80_0_0_14480077e48c0f10b8b0015a582da84b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
serdar berdimuhamedov turkmaniston prezidenti lavozimiga kirishdi
serdar berdimuhamedov turkmaniston prezidenti lavozimiga kirishdi
Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston prezidenti lavozimiga kirishdi
Serdar Berdimuhamedov qasamod keltirdi va Turkmaniston prezidenti lavozimiga kirishdi.
Serdar Berdimuhamedov qasamod keltirdi va Turkmaniston prezidenti lavozimiga kirishdi.
Sobiq davlat rahbarining o‘g‘li navbatdan tashqari prezident saylovlarida 72,97 % ovoz to‘pladi.
Serdar Berdimuhamedov amaldagi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li. U Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Turkmaniston parlamenti oliy palatasining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Gurbanguli Berdimuhamedov davlat boshqaruviga yoshlar kelishini, o‘zi esa Xalq maslahati raisi sifatida siyosiy tajribasini mamlakat taraqqiyotiga sarflashini ta’kidlagan edi.
Serdar Berdimuhamedov Gurbanguli Berdimuhamedovning yagona o‘g‘li, 1981-yil 22-sentabrda tug‘ilgan. Oilali, bir o‘g‘il va uch qizning otasi.
2001 yilda Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetini (muhandis-texnolog), 2011-yilda Rossiya TIV diplomatiya akademiyasida, 2011-2013 yillarda Shveysariyada Xavfsizlik siyosati markazida (Yevropa va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis) tahsil oldi.
2001-2003 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan. 2003-2008 yillarda Davlat oziq-ovqat sanoati, 2008-2011-yillarda o‘qish davrida Turkmanistonning Moskvadagi elchisi maslahatchisi, 2011-2013-yillarda Turkmanistonning Jenevadagi doimiy vakili maslahatchisi lavozimlarida ishladi.
2013-2017 yillarda TIVda Yevropa davlatlari bo‘limi boshlig‘i, neft va gaz obyektlarini ekspluatatsiya qilish davlat agentligi rahbari o‘rinbosari, TIV xalqaro teleradioeshittirish departamenti boshlig‘i lavozimlarida ishladi.
2016 yildan deputat, qonunchilik bo‘yicha parlament qo‘mitasi rahbari bo‘ldi. 2018-yildan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, 2019-yildan Axal viloyati hokimi, 2020-yilda Turkmaniston sanoat va qurilish ishlab chiqarish vaziri, 2021-yilda Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari bo‘ldi.
Xalqaro Axaltekin yilqichilik va “Turkman alabay” uyushmalari rahbari, Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy va it boquvchi.