Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

O‘zbekiston fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilish jarayonlari yakunlandi

© http://mintrans.uz/ru/Uzbekistansi, evakuirovannie iz Ukraini, pribili v Tashkent
Uzbekistansi, evakuirovannie iz Ukraini, pribili v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilish jarayonlari yakunlandi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilish jarayonlari yakunlandi.
O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyevning so‘zlariga ko‘ra, “bu juda murakkab va xavotirli davr bo‘ldi, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun mas’uliyat Ukraina va Polshadagi diplomatiya vakolatxonalarimiz zimmasiga yuklatildi”.
28 fevraldan beri Ukrainadan Polsha hududi orqali 25 havo qatnovi vositasida 5786 nafar fuqaro O‘zbekistonga eltib qo‘yilgan. Shu bilan evakuatsiya qilish jarayoni nihoyasiga yetdi.
Ukraina-Polsha chegarasida konsullik xodimlari, Varshavadagi elchixonada tuzilgan shtab 18 kun davomida tun-u kun ishladi.
Yangiliklar lentasi
0