O‘zbekistonda ilk bor uloq-ko‘pkari bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUchastniki mejdunarodnogo turnira po kupkari v Samarkandskoy oblasti Uzbekistana
Uchastniki mejdunarodnogo turnira po kupkari v Samarkandskoy oblasti Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2022
Obuna bo‘lish
Tadbir doirasida turli ko‘rgazmali chiqishlar, milliy sport turlari namoyishi, hamda uloq-ko‘pkari bo‘yicha xalqaro Konferensiya tashkil etish ham rejalashtirilgan.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekistonda ilk marotaba uloq-ko‘pkari bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.
Xalqaro turnir Surxondaryo viloyati Termiz tumani hududida joylashgan “Qorabayir otlari mahorat maktabi”da 24-26-mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Musobaqalarda Markaziy Osiyo hamda Vengriyadan jami 120 nafarga yaqin chavandozlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbir doirasida turli ko‘rgazmali chiqishlar, milliy sport turlari namoyishi, hamda uloq-ko‘pkari bo‘yicha xalqaro Konferensiya tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, uloq, ko‘pkari – O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy ommaviy, milliy o‘yinlaridan biri bo‘lib, asosan, g‘alaba va hosil bayramlari, to‘y va sayillar munosabati bilan tashkil etilgan.
O‘zbekistonda uloq-ko‘pkari musobaqalari viloyatlarda mavsumiy va doimiy ravishda o‘tkazilib kelinadi. Shu yilning 1-yanvar holatiga respublika bo‘yicha ularning soni 260,7 mintani tashkil etmoqda. Eng ko‘p ot Toshkent viloyatiga (55,8 ming bosh)to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar lentasi
0