Talabalar “obxodnoy list”ni onlayn to‘ldirishi mumkin

© Unsplash / John SchnobrichStudenti vo vremya obucheniya
Studenti vo vremya obucheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2022
Obuna bo‘lish
Talabalar bundan buyon aylanma varaqalarni “HEMIS” axborot tizimi orqali to‘ldirishi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Ta’lim muassasalarini tugatganda yoki o‘qishni boshqasiga ko‘chirganda to‘ldiriladigan aylanma varaqa amaliyoti bekor qilindi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Aylanma varaqa (“obxodnoy list”) raqamlashtirildi va endilikda u “HEMIS” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Jarayonni onlayn bajarish mumkin:
1.Talaba o‘z profili orqali elektron aylanma varaqasini olish uchun so‘rov jo‘natadi.
2.Oliy ta’lim muassasasidagi buxgalteriya va kadrlar bo‘limi, fakultet dekanati, axborot resurs markazi hamda yotoqxona mas’ullari talabaning elektron aylanma varaqasini shakllantiradi.
3.Talaba o‘z profili orqali aylanma varaqa va unga kiritilgan izohlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yana bir qulaylik
“HEMIS” axborot tizimi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning chipta.railway.uz platformasi bilan integratsiya qilindi.
Onlayn chipta rasmiylashtirish jarayonida ushbu platformaga kiritilgan talabalargina “Men talabaman” tugmasini bosish orqali chegirmali chiptani rasmiylashtirishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida “HEMIS” axborot tizimi oliy ta’lim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga ma’muriy xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalarga elektron ta’lim xizmatlarini taqdim etadi.
Yangiliklar lentasi
0