Putin Yevropa mag‘lubiyatini qayd etdi

© Sputnik / Sergey GuneyevPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2022
Obuna bo‘lish
Putinning Rossiya hududlari rahbarlari bilan majlisdagi nutqi kutilmaganda G‘arb OAVlarida keng tarqalib turlicha talqin qilindi. Quyida RIA Novosti kolumnisti izohi bilan tanishing.
16-mart kuni Rossiya Federatsiyasining yuqori mansabdor shaxslari bilan o‘tkazilgan ichki siyosiy tadbir - ya’ni hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish kutilmaganda jahon ommaviy axborot vositalarining kun tartibidagi xitga aylandi.
Bunga prezident Putinning nutqi sabab bo‘ldi. Prezident nutqini axborot agentliklari tomonidan efirga uzatildi, gazetalarda qayta-qayta yoritildi, hatto dushmanning YouTube platformasiga qo‘yildi. Butun dunyo odamlari uni internet-tarjimonlar yordamida tingladi.
G‘ozir Rossiya shu qadar kuchli axborot hujumi ostida yashamoqdaki, barcha G‘arb OAVlari bizga yopishib olganidan, ba’zida bu qamaldan boshqa hech narsa yo‘qdek tuyuladi. Biroq, aslida unday emas. Butun dunyoda milliardlab insonlarga oldindan aniq bo‘lganki, nufuzli anglo-sakson OAVlari qo‘lidan kelganicha yolg‘on gapiradi.
Ukraina misolida, bu yolg‘on ko‘lami hatto ko‘p narsalarga o‘rganib qolgan G‘arb aholisini ham hayratda qoldirmoqda. Ular ham haqiqatni qidirishapti.
Rossiya prezidenting nutqini sinchiklab o‘rganishdan G‘arb isteblishmentining ham o‘ziga xos manfaatlari bor. Bugungi kunda Rossiya ularning siyosiy, moliyaviy, sanksiyaviy xullas, umumiy urushi uchun haqiqiy poligon. Strategiyalarning qanday ishlayotganini va umuman ishlayaptimi yoki yo‘qligini tekshirish kerakku.
Mana Britaniyaning Financial Times gazetasi “Rossiyaning G‘arb tomonidan jazolanishini”ning – (ya’ni bizning o‘z pullarimizni o‘g‘irlashni ular shunday ataydi) og‘ir oqibatlaridan nash’a tortib Putindan “hozirgi inqiroz Rossiya iqtisodiyotida oson bo‘lmagan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar hamda vaqtinchalik inflyatsiya va ishsizlik o‘sishiga olib keladi" deya iqtiboslar keltirgan.
Ushbu taxminni diplomatimiz tomonidan mog‘orli pishloqqa qiyoslangan Bloomberg agentligi ham mamnuniyat bilan tilga oldi. Ammo har ikkala nashr ham Rossiya prezidentning mamlakat G‘arbdan mustaqillikka erishish orqaligina g‘alaba qozonadi, degan ishonchini ta’kidlab o‘tishga majbur.
G‘arbning iqtisodiy bliskrigi (tezkor hujumi) haqiqatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Buni G‘arb OAVlari ham tan oldi. Biroq bu maydonda uzoq vaqt o‘ynab bo‘lmaydi, chunki aynan G‘arbning o‘zi iqtisodiyotimizga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dastaklarini uzib qo‘ygan.
Tabiiyki, Putin defoltni aslida sanksiya kiritgan mamlakatlarning o‘zi boshidan kechirayotgani, dollar esa - zahira valyutasi bo‘la olmasligi va istalgan paytida shunchali o‘g‘irlab olish mumkin bo‘lgan "birinchi darajali aktivlar" o‘z obro‘yini butunlay yo‘qotgani haqidagi so‘zlarini G‘arb e’lon qilishga jur’at eta olmaydi.
G‘arb davlatlarining siyosat va iqtisoddagi hukmronligiga barham berilganligi haqidagi so‘zlar ham u yerda og‘iz ochib bo‘lmaydigan mavzusiga aylandi. Shuningdek Rossiya prezidentining G‘arb mamlakatlari fuqarolariga qilgan murojaatlarini ham.
“Sizlar hozir boshdan kechirayotgan qiyinchiliklar - Rossiyaning dushmanlik harakatining natijasi deyishmoqda va rus "tahdidiga" qarshi kurashni o‘z xamoningizdan to‘lash kerakliliga qat’iy ishontirishmoqda. Aslida bularning barchasi yolg‘on. Haqiqat shundaki, hozir G‘arbda millionlab insonlar duch kelayotgan muammolar - u yerdagi hukmron elitalarning ko‘p yillik harakatlari, xatolari, uzoqni ko‘ra olmasligi va ambitsiyalari oqibatidir”, - degan edi Rossiya prezidenti. Xo‘sh, ushbu so‘zlarni G‘arbda chop etish mumkinmi?
Ammo barcha G‘arb OAVlari asosiy e’tiborni “Mayami va Fransiyaning Rivyera shahridagi villalar”, “xoinlar va tuban kimsalar”ga qaratgan. Deyarli butun matbuot bu passajni sarlavhalarida keltirib o‘tdi. Albatta, bu uslub o‘quvchilarning yodida qoladi. Lekin nima uchun aynan shu G‘arbga ishlaydigan xorijiy agentlarimizning og‘riqli mavzusiga aylandi?
Ular Putinning ommani qashshoqlikka o‘z elitalari olib ketayotgani va dunyoning zaxira valyutalariga ishonchini susaytirayotgani borasida aytgan so‘zlarini yaxshilab o‘ylab ko‘rishlari kerak edi. Bu aslida G‘arb davlatlari uchun hayot-mamot masalasidir. Ammo yo‘q, hamma diqqatini "xoinlar va va tuban kimsalar"ga qaratdi. Ba’zilar hatto passajdan parchalarni YouTube da joylashtirdi. Hatto Amerikaning mudofaa bo‘yicha Military.com onlayn nashri ham muhokama qildi.

Gap shundaki, bu yerda Putin G‘arbning mag‘lubiyatini haqiqatdan ham belgilab berdi. G‘arbning uzoq muddatli, o‘n yilliklarga mo‘ljallangan strategiyasi - yirik va murakkab davlatlarda amerikaparast "o‘rta sinfni" tarbiyalashdan iborat edi. Keyin esa, unga tayanib, nazorat ostidagi hududlarida o‘z siyosatini, davlat to‘ntarishlar, maydanlar, fuqarolar urushlari bilan ushlab turish edi.

Ushbu strategiya Yevropada juda yaxshi ishlagan. Amerikaning jazz va kinolariga berilib ketgan fransuz talabalari de Goll haykalini qanday vayron qilgani yodingizdami? Keyin bu to‘fon kabi Sharqiy Yevropani bosib o‘tdi, deyarli barcha postsovet makonini - Belarussiya bundan mustasno - qayta shakllantirdi. Ammo Rossiyada bu to‘satdan muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Balki gap mamlakatning geografik va tarixiy qo‘lamida yoki rus xalqining azaliy skeptitsizmi va sog‘lom fikrda ekanligidadir. Qanday bo‘lmasin, Amerikaning mamlakatimizga ta’siri juda yuzaki bo‘lib chiqdi.
Albatta, bizning odamlar ham Makdonaldsga borishardi, Gollivud filmlarini tomosha qilishardi. Ammo hozir bularning barchasidan voz kechish deyarli hech kim uchun fojeaga aylangani yo‘q, faqat bir nechta shaharlik devonalarni hisobga olmaganda.
Avval ruslar sovet matbuotini katta shubha bilan, satrlar orasidan nimalardir qidirib o‘qiganlaridek, bugun ham qanchalik quturgan bo‘lmasin G‘arb targ‘ibotiga xuddi shunday sog‘lom immunitetni namoyon qilmoqda.
Kecha Amerika krossovkalari va rep taklif qiligan Amerika bugun sizdan vataningizni taslim qilishni taklif qilishsa, bu umuman boshqa gap. Rossiyada suverenitetini krossovkaga almashtiradigan ahmoqlar yo‘q.
G‘arb haqida xomxayollar bo‘lgan bo‘lsa ham, so‘nggi ikki hafta ichida uning o‘zi xomxayollarni tag-tubigacha yo‘q qildi. Xo‘sh, agar hozir ham fuqarolarimizdan AQSh va Yevropadagi omonat va uy-joylarini tortib olishsa, ularni ishdan, bolalarini maktabdan haydashsa, agar mamlakat ojizlik ko‘rsatsa, keyinchi nima qiladi? Ularni qayta turmasliklari uchun yo‘q qilib yuborishmaydimi?
O‘z tarixida og‘ir damlarni ko‘rgan, o‘t va suv azobidan o‘tgan, G‘arbliklardek boy bo‘lmagan bizning o‘qimishli o‘rta sinfimiz ko‘p hollarda maqtashga arzimaydigan "beshinchi kolonnani" qo‘llab-quvvatlamaydi. Bugun biz buni hammasini ko‘rib turibmiz. G‘arb esa bu borada qattiq adashdi va hatto bundan buyon nima qilishni bilmay qoldi.
Shu bois, ular Putinning bexavotir so‘zlarini qandaydir “qatag‘on” sifatida qabul qilib, qo‘pol va soddalik bilan bosim o‘tkazishga harakat qilmoqdalar. Mana, “G‘arb va oligarxlar uchun dahshatli ogohlantirish”, deb olov yoqmoqda Daily Mail. “Putin sotqinlarni izlamoqda”, deb yozadi Kanadaning CBC nashri. “Putin g‘arbparast ruslarga hujum qilmoqda, bu qatag‘onlar yaqinlashayotganidan dalolat beradi”, - deya chiranadi New York Times.
Yo Parvardigor. Gap faqat ishtonini yo‘qotib, farovon hayotiga tahdidning birinchi sha’masidanoq Rossiyadan qochayotgan alohida g‘arbparast fuqarolar haqida edi. Keyin esa, taxmin qilganimizdek, ular yangi rohat-farog‘at uchun qaytib kelishadi. Ammo o‘shanda ular haqida mamlakatdagi jamoatchilik fikri butunlay boshqacha bo‘ladi. Jamiyat, o‘ mentaliteti va madaniyatini g‘arbparast "beshinchi kolonnadan" tozalaydi. Bor gap shu.
Aslida, kollektiv G‘arbning o‘rta sinfni g‘arblashtirish strategiyasi allaqachon muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu strategiya Xitoyda ish bermagan. Garchi u yerda g‘arb mahsulotlarini yaxshi ko‘aradigan, o‘ta burjuazlashgan o‘rta sinf bo‘lsa ham. Xitoy boylari eng qimmatbaho brendli g‘arb kiyimlari, ayfonlar hamda birjada "o‘ynash"ni yaxshi ko‘radi. “Jenmin Jibao” bu haqda yozishni yoqtirmasa ham - bu gaplar o‘rta sinf xitoyliklar haqida. Shunday bo‘lsa-da xitoyliklar o‘z mamlakatini vayron qilish uchun qo‘zg‘olon ko‘tarmaydi. Amerikaliklar buning uchun o‘nlab yilar davomidan Tananmendan tortib “zontiklar inqilobi”gacha harakat qilgan bo‘lsa ham.
Shu sababli ham bugun Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasini Xitoy ma’qullamoqda. Osiyo, Afrika, Janubiy Amerikadagi o‘zigan ishongan davlatlar ham bunga katta qiziqish bilan qaramoqda. Rossiya boshqa xalqlarga G‘arbning yangi mustamlaka modelidan muvaffaqiyatli qutilish namunasini ko‘rsatmoqda.
Bir tomondan, bu G‘arbga harbiy yo‘l bilan dadil qarshilik ko‘rsatish bo‘lsa, boshqa tomondan, yangi hayot, yangi iqtisodiy model, yangi dunyo tartibining qurish degani. Aql va mulohaza bilan qurilayotgan yangi tartibda G‘arb davlatlarining global siyosat va iqtisoddagi "hukmronligi” abadiy tugatilgan bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0