https://oz.sputniknews.uz/20220318/kompyuter-bilan-ishlashda-korish-qobiliyatini-qanday-saqlab-qolish-mumkin-23404354.html
Kompyuter bilan ishlashda ko‘rish qobiliyatini qanday saqlab qolish mumkin
Kompyuter bilan ishlashda ko‘rish qobiliyatini qanday saqlab qolish mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Kompyuter monitorlari ko‘rish qobiliyatiga jiddiy zarar qiladi. Agar ko‘p vaqt kompyuter qarshisida o‘tirsangiz, ko‘rish qobiliyati yomonlashishi mumkin. Oftalmolog shifokor bu borada tavsiya berdi.
2022-03-18T06:10+0500
2022-03-18T06:10+0500
2022-03-18T06:10+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/15/20588817_0:68:1291:794_1920x0_80_0_0_0ff02364d95296ef7e5b97969ee31403.jpg
Bu holatda ko‘rish qobiliyatini qanday himoya qilish mumkin? Tibbiyot fanlari nomzodi, oftalmolog shifokor Natalya Voroshilova RIA Novosti bilan suhbatda tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.Qulay ish joyiBirinchi navbatda ish o‘rnini to‘g‘ri joylashtirib olish, to‘g‘ri texnika va chiroq tanlash zarur. Yaltiroq monitorlar ko‘rish qobiliyati uchun o‘ta zararli.Shuning uchun yaltiroq monitorlar uchun maxsus qoplamalar mavjud. Qoplama ko‘zga tashlanadigan yuklamani yengillashtirishga yordam beradi.Shuningdek, xona yorug‘ligini ham to‘g‘ri tanlash lozim. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, lyumenessent lampalardan voz kechgan ma’qul. Chunki oq rang gammasi ko‘zni tez charchatadi. Sariq rangda yorug‘lik tarqatuvchi lampalar esa ko‘zni tinchlashtiradi va ko‘rish qobiliyatini yomonlashtirmaydi.To‘g‘ri o‘tirishIkkinchi muhim qoida- to‘g‘ri o‘tirish. Monitorning noqulay joylashtirilgani, tana, bosh, bo‘yinning noto‘g‘ri joylashuvi ko‘zni ikki barobar charchatadi.“Kompyuter bilan ishlashda agar katta monitor bo‘lsa- 70-75 sm, noutbuk ekrani bo‘lsa 35-40 sm uzoqlikda o‘tirish lozim. Nigoh liniyasi va ekran joylashuvi o‘rtasidagi masofa 20-30sm bo‘lishi kerak. Ekranga qarayotganda ko‘z zo‘riqmasligi kerak”, - deydi ko‘z shifokori.Monitorgacha bo‘lgan masofaning to‘g‘riligini qanday tekshirish mumkin? “Tirsak qoidasi” bu borada yordam beradi: ko‘zlardan ekrangacha bo‘lgan masofa o‘rta barmoqning uchidan tirsagigacha bo‘lgan masofaga teng bo‘lishi kerak."Shuningdek, Amerika optometristlar assotsiatsiyasi tomonidan tavsiya etilgan 20-20-20 qoidasi ham bor. Har 20 daqiqada 20 soniya davomida 20 fut (6 m) masofa uzoqlikka qarash kerak. Shunchaki derazadan tashqariga qarash yoki sayr qilish ham bu mashqning o‘rnini bosadi”, - deydi Voroshilova.To‘g‘ri o‘tirish juda muhim: pastki oyoq va son bir-biriga to‘g‘ri burchak ostida joylashgan bo‘lishi kerak, tirsaklar stolda, orqa tekis bo‘lishi kerak. Kun mobaynida bir necha marta tananing holatini o‘zgartirib turish lozim.Ko‘zlar uchun gimnastika“Ko‘zlar uchun gimnastika uzoqdan yaqinlikka yoki yaqinlikdan uzoqqa qarashga asoslangan. Uzoq masofaga qarashda ko‘zning akkomodativ mushaklari bo‘shashadi, yaqindan qaraganimizda u zo‘riqish hosil qiladi. Ko‘p vaqt davomida faqat yaqin masofaga qarash akkomodativ mushaklarning zo‘riqishiga olib keladi”, - deydi mutaxassis.Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, kichik astigmatizm, uzoqni yoki yaqinni ko‘ra olmaslik ko‘zning funksional qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu tez charchash va ko‘rish qobiliyatining tez fursatda buzilishiga olib keladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/15/20588817_71:0:1218:860_1920x0_80_0_0_9bd200651ed6d9d0070948a6a77c6b06.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kompyuter bilan ishlash ko‘rish qobiliyati mashqlar
kompyuter bilan ishlash ko‘rish qobiliyati mashqlar
Kompyuter bilan ishlashda ko‘rish qobiliyatini qanday saqlab qolish mumkin
Kompyuter monitorlari ko‘rish qobiliyatiga jiddiy zarar qiladi. Agar ko‘p vaqt kompyuter qarshisida o‘tirsangiz, ko‘rish qobiliyati yomonlashishi mumkin.
Bu holatda ko‘rish qobiliyatini qanday himoya qilish mumkin? Tibbiyot fanlari nomzodi, oftalmolog shifokor Natalya Voroshilova RIA Novosti bilan suhbatda tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Birinchi navbatda ish o‘rnini to‘g‘ri joylashtirib olish, to‘g‘ri texnika va chiroq tanlash zarur. Yaltiroq monitorlar ko‘rish qobiliyati uchun o‘ta zararli.
“Yaltiroq ekranlar ko‘z va asab tizimiga ko‘p yuklama tashladi. Bunday ekranlar atrofda mavjud narsalarni aks ettiradi. Kompyuter monitori sifatli va displey yorug‘lik ko‘rsatkichi baland bo‘lishi kerak. Piksellar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi”, - deya ta’kidlaydi shifokor
Shuning uchun yaltiroq monitorlar uchun maxsus qoplamalar mavjud. Qoplama ko‘zga tashlanadigan yuklamani yengillashtirishga yordam beradi.
Shuningdek, xona yorug‘ligini ham to‘g‘ri tanlash lozim. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, lyumenessent lampalardan voz kechgan ma’qul. Chunki oq rang gammasi ko‘zni tez charchatadi. Sariq rangda yorug‘lik tarqatuvchi lampalar esa ko‘zni tinchlashtiradi va ko‘rish qobiliyatini yomonlashtirmaydi.
Ikkinchi muhim qoida- to‘g‘ri o‘tirish. Monitorning noqulay joylashtirilgani, tana, bosh, bo‘yinning noto‘g‘ri joylashuvi ko‘zni ikki barobar charchatadi.
“Kompyuter bilan ishlashda agar katta monitor bo‘lsa- 70-75 sm, noutbuk ekrani bo‘lsa 35-40 sm uzoqlikda o‘tirish lozim. Nigoh liniyasi va ekran joylashuvi o‘rtasidagi masofa 20-30sm bo‘lishi kerak. Ekranga qarayotganda ko‘z zo‘riqmasligi kerak”, - deydi ko‘z shifokori.
Monitorgacha bo‘lgan masofaning to‘g‘riligini qanday tekshirish mumkin? “Tirsak qoidasi” bu borada yordam beradi: ko‘zlardan ekrangacha bo‘lgan masofa o‘rta barmoqning uchidan tirsagigacha bo‘lgan masofaga teng bo‘lishi kerak.
"Shuningdek, Amerika optometristlar assotsiatsiyasi tomonidan tavsiya etilgan 20-20-20 qoidasi ham bor. Har 20 daqiqada 20 soniya davomida 20 fut (6 m) masofa uzoqlikka qarash kerak. Shunchaki derazadan tashqariga qarash yoki sayr qilish ham bu mashqning o‘rnini bosadi”, - deydi Voroshilova.
To‘g‘ri o‘tirish juda muhim: pastki oyoq va son bir-biriga to‘g‘ri burchak ostida joylashgan bo‘lishi kerak, tirsaklar stolda, orqa tekis bo‘lishi kerak. Kun mobaynida bir necha marta tananing holatini o‘zgartirib turish lozim.
“Ko‘zlar uchun gimnastika uzoqdan yaqinlikka yoki yaqinlikdan uzoqqa qarashga asoslangan. Uzoq masofaga qarashda ko‘zning akkomodativ mushaklari bo‘shashadi, yaqindan qaraganimizda u zo‘riqish hosil qiladi. Ko‘p vaqt davomida faqat yaqin masofaga qarash akkomodativ mushaklarning zo‘riqishiga olib keladi”, - deydi mutaxassis.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, kichik astigmatizm, uzoqni yoki yaqinni ko‘ra olmaslik ko‘zning funksional qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu tez charchash va ko‘rish qobiliyatining tez fursatda buzilishiga olib keladi.