https://oz.sputniknews.uz/20220318/apreldan-qozogistonga-poezd-qatnovi-tiklanadi-23410321.html
Apreldan Qozog‘istonga poyezd qatnovi tiklanadi
Apreldan Qozog‘istonga poyezd qatnovi tiklanadi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi apreldan Nukus – Beyneu – Nukus yo‘nalishidagi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. 18.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-18T12:25+0500
2022-03-18T12:25+0500
2022-03-18T12:25+0500
jamiyat
poyezd qatnovi
o‘zbekiston temir yo‘llari
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/348/69/3486904_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_d00d9e378086b5db10fcd10ad6c5b5df.jpg
TOShKENT, 18mar — Sputnik. 1-apreldan boshlab Nukus – Beyneu – Nukus yo‘nalishidagi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu xaqida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar bermoqda. Nukus — Beyneu — Nukus yo‘nalishidagi 647/648-sonli poyezd qatnovi kunlari:Aytilishicha, boshqa qo‘shni davlatlar bilan temir yo‘l yo‘nalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma bosqich ochilishi kutilmoqda.Eslatib o‘tamiz, “2020 yilning mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli xalqaro yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezd qatnovlari to‘xtatilgan edi. Ikki yillik cheklovlardan so‘ng, xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi poyezdlar qatnovi bosqichma-bosqich tiklanmoqda.Miskin - Nukus - Beyneu yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi qatnovi 2019-yilda yo‘lga qo‘yilgan. Poyezd Nazarxon, Kaybakli, Qorao‘zak, Baday, Beruniy, Ellikqal’a, To‘rtko‘l stansiyalarida to‘xtab o‘tgan.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/348/69/3486904_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_8c524fe82b0069f6b432eeac2fb4ca72.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, poyezd qatnovi, o‘zbekiston temir yo‘llari, qozog‘iston
jamiyat, poyezd qatnovi, o‘zbekiston temir yo‘llari, qozog‘iston
Apreldan Qozog‘istonga poyezd qatnovi tiklanadi
Birinchi apreldan Nukus – Beyneu – Nukus yo‘nalishidagi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 18mar — Sputnik. 1 apreldan boshlab Nukus – Beyneu – Nukus yo‘nalishidagi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu xaqida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
xabar bermoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va “Qazaqstan temir joli” MK” AJ bilan kelishilgan holda shu yili Qozog‘iston Respublikasiga birinchi yo‘lovchi poyezd harakati tashkil etadi.
Nukus — Beyneu — Nukus yo‘nalishidagi 647/648-sonli poyezd qatnovi kunlari:
“Nukus” vokzalidan - haftaning har seshanba, juma va yakshanba kunlari.
“Beyneu” stansiyasidan -har dushanba, chorshanba va shanba kunlari.
Aytilishicha, boshqa qo‘shni davlatlar bilan temir yo‘l yo‘nalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma bosqich ochilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “2020 yilning mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli xalqaro yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezd qatnovlari to‘xtatilgan edi. Ikki yillik cheklovlardan so‘ng, xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi poyezdlar qatnovi bosqichma-bosqich tiklanmoqda.
Miskin - Nukus - Beyneu yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi qatnovi 2019-yilda yo‘lga
qo‘yilgan. Poyezd Nazarxon, Kaybakli, Qorao‘zak, Baday, Beruniy, Ellikqal’a, To‘rtko‘l stansiyalarida to‘xtab o‘tgan.