"Va’da berish – uylanish degani emas": Amerika Rossiya gazining o‘rnini bosa oladimi?

© Sputnik / Vladimir PesnyaZavod po proizvodstvu sjijennogo prirodnogo gaza "Yamal SPG" v morskom portu Sabbeta
Zavod po proizvodstvu sjijennogo prirodnogo gaza Yamal SPG v morskom portu Sabbeta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2022
Obuna bo‘lish
AQSh gazchilari Yevropani Rossiya gazidan butunlay voz kechishga, o‘rniga AQShdan suyultirilgan gaz bilan ta’minlashni va’da bermoqda. Lekin YeIda Amerika suyultirilgan gazi Rossiya tabiiy gazining o‘rnini bosa oladimi?
TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Qo‘shma Shtatlar o‘zining yevropalik ittifoqchilarini Rossiya bilan barcha resurs va energiya aloqalarini imkon qadar to‘liq uzishga ko‘ndirishda davom etmoqda. Biroq, chaqiriqlar, nasihatlar va ba’zan hatto oshkora tahdidlarga qaramay, kollektiv Yevropa uglevodorodlar va birinchi navbatda, tabiiy gazni yetkazib berish borasida Moskva bilan munosabatlarini yo‘q qilishini qat’iyan rad etmoqda. Shu sabab, Qo‘shma Shtatlar bosimni kuchaytirmoqda - va qamchi ishlamagan joyda, ayyor shirinlik ishga solinadi albatta.
Kuni kecha mamlakatdagi eng yirik STG (suyultirilgan tabiiy gaz) ishlab chiqaruvchisi bo‘lmish Amerika EQT kompaniyasining bosh direktori Rossiya bilan aloqalarini buzishdan Yevropa Ittifoqining mutlaqo tashvishlanishi kerak emasligini ta’kidladi, zero, “Qo‘shma Shtatlar Rossiya gazi hajmini osongina o‘rnini bosa oladi. Buning uchun amerikaliklarda imkoniyat ham, istak ham bor”.
Bu va’dalar qanchalik ilhomlantiruvchi bo‘lmasin, ularni amalga oshirishning shunchalik imkoni yo‘q.
Bunday yangiliklarni tarqatish sof targ‘ibotga o‘xshaydi va asosan bitta vazifani bajaradi - sodda miyalarga kerakli tezislarni singdiradi. Garchi bu tezislar butunlay to‘qima bo‘lsada, lekin ommaning ongida juda mahkam yashaydi. Muqobil reallik ham aynan shunday shakllanadi. Buni qo‘shni Ukraina misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Masalan, bu yerda omma “Naftogaz” uch haftadan beri Rossiya gazini Yevropaga tranzit qilmayotganiga ishonib yashamoqda.
Rossiyaga qarshi chiqishlarning g‘alabali xomxayollarini yo‘q qilish uchun ehtiroslarga emas, balki faktlarga murojaat qilamiz.
Asosiy raqamlardan boshlasak, Yevropaning Rossiya gaz importiga bo‘lgan ehtiyoji 40 foizdan sal ko‘proq. So‘nggi yillarda yetkazib berishning muntazam o‘sganini hisobga olib, 2021-yil oxirigacha “Gazprom” yetkazib berish hajmi taxminan 200-203 milliard kubometrni tashkil etishini bashorat qilmoqda. Oldindan ta’kidlab o‘tish kerakki, sovuq qish, energiya narxining rekord darajadagi o‘sishi, shuningdek, Yevropa davlatlarining nasoslarni ko‘paytirish bo‘yicha doimiy so‘rovlari tufayli ko‘rsatkichlar anchayin yuqori bo‘lishi mumkin, ammo oddiylik va yaqqollik bo‘lishi uchun yuqoridagi ko‘rsatkichlardan foydalana qolamiz.
200 milliard kubometr Rossiya gazining mutlaq ko‘p qismi magistral quvurlari orqali yetkazib beriladi. Shu sabab u suyultirilgan gazga nisbatan arzonroq. Hatto suyultirilgan gazni yetkazib berishning transport imkoniyatlari nisbatan kichik bo‘lsa ham okean bo‘ylab gaz tashuvchilar tomonidan yetkazib berish haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Bu faktni ko‘pincha bozor kotirovkalari raqamlari va jadvallarini manipulyatsiya qilish orqali inkor etishga harakat qilishadi. Ammo yuqorida keltirilgan EQT kompaniyasining rahbari Tobi Raysning o‘zi ham so‘zlarimizni tasdiqlaydi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gazning umumiy iste’moli 450-480 milliard kubometr orasida o‘zgarib turadi.
Bu ko‘rsatkich, eko-faollar va lobbistlarning shamol tegirmonlari va fotoelektrik panellarni qurish haqidagi takror qaytariladigan chiqishlariga zid ravishda yildan-yilga o‘sib bormoqda. Ya’ni, rus gazining qandaydir mo‘’jiza bilan shartnoma sxemalaridan bir zumda yo‘q bo‘lib ketishini tasavvur qilsak, boshqa yetkazib beruvchilar nafaqat ikki yuz milliard kubometrning o‘rnini to‘ldirishlari, balki yetkazib berishni muntazam oshirishlari ham kerak bo‘ladi.
Rossiya gaz o‘tkazgichlari, jumladan Ukraina segmentini ham qo‘shganda, o‘z mahsulotlarini Germaniyaga yetkazib beradi, undan keyin, masalan, ikkinchi asosiy benefitsiar Avstriyaga keng yoyiladi. Janubiy Yevropa mamlakatlari Turkiyadan Bolgariya, Serbiya, Vengriya va Sloveniyaga boradigan Turk oqimi orqali gaz bilan ta’minlanadi. Darvoqe, sirli tasodifga ko‘ra, so‘nggi yillarda aynan Vengriya va Sloveniya mamlakatlari Ukrainaning asosiy gaz yetkazib beruvchilari bo‘lib qoldi, garchi ilgari buning aksi bo‘lgan bo‘lsada.
Boshqa ta’minot manbalari haqida gapiradigan bo‘lsak, Yevropa Ittifoqi shuningdek Norvegiya va Jazoirdan ham tabiiy gaz sotib oladi. Agar Rossiyaning ulushi 41 foizga baholansa, Norvegiya va Jazoirning ulushi mos ravishda 24 va 11 foizni tashkil etadi. Hisoblash qiyin emaski, qolgan boshqa gaz yetkazib beruvchilarning ham quvur liniyasi, ham sotiladigan STG ulushiga bozorning chorak qismidan biroz ko‘proq miqdori qoladi.
Qatar Yevropaga STG eksportini oshirishdan allaqachon voz kechgan. Niderlandiyabozorni butunlay tark etmoqda. Bu yil katta va vayronkor zilzilalar tufayli Groningen havzasida gaz ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatiladi. Ozarbayjondan olib kelingan Trans-Anadolu gaz quvuri (TANAP) atigi 16 milliard kubometr quvvatga ega va prinsipial jihatdan uni muqobil kanal sifatida hisoblanishi mumkin emas.
Mavjud gaz shartnomalarining sxemalari va hajmlarini yaxshiroq tushunib olganimizdan so‘ng, endi Amerikaning yorqin va’dalariga qaytamiz.
Qo‘shma Shtatlar chindan ham miqdor borasida o‘sishga erishdi. Va o‘tgan yil oxiriga kelib yiliga mos ravishda 87,5 va 77,5 milliard kubometr gaz suyultirish bilan bu borada ikkita yirik yetakchi bo‘lmish Avstraliya va Qatarga yaqinlashdi. Amerika slanseviklari belgilangan ko‘rsatkichni shu suratda ushlab turishga muvaffaq bo‘lishdi va yil oxiriga qadar 90 milliard kubometr gaz qazib olishdi ham deylik.
Bu ko‘rsatkich, hatto Amerika ishlab chiqarish kuchlari maksimal chiranganida ham, normal hayotni ta’minlash uchun Yevropaga har yili kerak bo‘ladigan Rossiya gazi hajmidan ikki baravar kam bo‘ladi. Shunga mos ravishda, Amerika barcha STGni bir tomchi qoldirmay, Osiyoning premium bozorlarini butunlay e’tiborsiz tashlab Yevropaga yetkazib bersa ham yetarli bo‘lmaydi.
Shuni alohida yodda tutish kerakki, Qo‘shma Shtatlarining o‘zi dunyoda gazning asosiy iste’molchisi bo‘lib qolmoqda. Qo‘shma Shtatlar har yili aqlga sig‘mas darajada ko‘p miqdorda, ya’ni 860 milliard kubometr ko‘k yoqilg‘i ishlatadi. Taqqoslash uchun: bu Rossiya iste’mol qiladiganidan gazdan ikki baravar, bir yarim milliard aholisi bo‘lgan Xitoy ishlatadigan gazdan uch barobar ko‘p degani. Ularning kuchli STG sanoati bozorda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda Amerikaning o‘z energiya ta’minotini kafolatlay oladi deb o‘ylash ahmoqlik bo‘lardi.
Qo‘shimcha qilib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlarda STG ishlab chiqarishning keyingi o‘sishi jiddiy savol ostida turibdi. Vaziyatning kulgili tomoni shundaki, amerikalik ekologlar kun tartibida tabiatni faol ravishda targ‘ib qilayotgan hukmron Demokratik partiyaning qo‘llab-quvvatlashiga keskin qarshilik ko‘rsatmoqda.
Zamonaviy ekologik doktrinaga ko‘ra, suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish va yetkazish atrof-muhit uchun zararli hisoblanadi. Chunki havoga katta miqdorda metan tarqaladi. Bu esa atmosferani odatdagi karbonat angidriddan ellik barobar ko‘proq isitib yuboradi. Ayni shu fursatlarda mazkur sabablarni inobatga olgan holda o‘n to‘rtta yangi ishlab chiqarish liniyasinining qurilish va ishga tushirish masalasi savol ostida turibdi.
Va albatta, ta’minot zanjirining boshqa uchidagi sof jismoniy muammolarni qayd etmaslik ham mumkin emas. Gap Yevropa davlatlari tomonidan ko‘proq suyultirilgan gaz olish imkoniyati haqida ketmoqda. Fransiya, Ispaniya va Yevropa Ittifoqini tark etgan Buyuk Britaniya portlari suyultirilgan tabiiy gazni regazifikatsiyalash uchun maksimal quvvatga ega. Har bir davlat taxminan 50 milliard kubometrga yaqin gazni qabul qilishi,qayta ishlashi va iste’molchilarga jo‘natishi mumkin.
Gazning eng yirik iste’molchisi va importchisi bo‘lmish Germaniyaga kelsak, nemislarda birorta ham suyultirilgan tabiiy gaz terminali yo‘q.
Ko‘rinib turganidek, amerikaliklarning Yevropani Rossiya gaziga bo‘lgan qaramlikdan xalos qilish haqidagi va’dalari ehtirosli maynavozchilikdan boshqa narsa emas.
Agar yevropaliklarga Rossiyaning gaz yetkazib beruvchilari boshqa kerakmas degan navbatdagi yangiliklarni ko‘rganingizda shuni yodingizda tutingki, Ukrainadagi maxsus operatsiya boshlangandan buyon G‘arb gaz uchun Moskvaga 13 milliard dollardan ko‘proq pul to‘lagan.
Yangiliklar lentasi
0