Uzbekistan GTL sakkizta oliygohdan talabalarni tanlab oldi

Zavod Uzbekistan GTL - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2022
Obuna bo‘lish
Talabalar orasida eng yuqori malakaga ega bo‘lganlari kelajakda zavodda ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Uzbekistan GTL Toshkent texnika universiteti, Toshkent Kimyo-texnologiya instituti va Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot institutlari bilan tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Kelishilgan o‘quv rejalari doirasida ixtisoslashtirilgan fakultet talabalari Uzbekistan GTL ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishishlari mumkin, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston 24 telekanali.
Undan tashqari, yaqinda Uzbekistan GTLda bakalavriat amaliyotiga talabalarni saralash bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Unda O‘zbekistondagi sakkizta neft va gaz oliy o‘quv yurtlaridan 800 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi. G‘olib bo‘lgan 102 nafar talaba, jumladan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 40 nafar talabasi zavod muhandislari homiyligida zavodda diplom oldi amaliyotini o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Zavodda yosh mutaxassislarning muvaffaqiyatli amaliyot o‘tkazishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bundan tashqari, ularning eng yuqori malakalilari kelgusida zavodda ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Uzbekistan GTL "O‘zneftegaz" AJ tomonidan hamda Sasol kompaniyasi texnologiyasi asosida tabiiy gazdan ekologik toza sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi zavod. Zavod dunyoda eng zamonaviy texnologiyalar yordamida yiliga yiliga 3,6 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlashga qodir.
Umumiy qiymati 3,42 milliard dollar bo‘lgan Uzbekistan GTLni moliyalashtirishda Rossiyaning "Gazprombank", "Roseximbank", Rossiya eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash agentligi (EKSAR) kabi tuzilmalar ishtirok etgan.
2021 yilning dekab oyida ishga tushgan korxona yiliga 307 ming tonna samolyot yoqilg‘isi, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Undan tashqari yiliga 380 ming tonna poliyetilen va polipropilen ishlab chiqariladi.
Yangiliklar lentasi
0