https://oz.sputniknews.uz/20220317/toshkent-haydovchilik-guvohnomasi-23391158.html
Toshkentda haydovchilik guvohnomasini olishdagi korrupsiya butunlay tugatildi – Allamjonov
Toshkentda haydovchilik guvohnomasini olishdagi korrupsiya butunlay tugatildi – Allamjonov
Sputnik O‘zbekiston
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Yagona imtihon markazi imtihonlarida korrupsiya butunlay tugatilganini ma’lum qilib, fuqarolarni firibgarlardan ogohlantirdi.
2022-03-17T13:13+0500
2022-03-17T13:13+0500
2022-03-17T13:13+0500
jamiyat
komil allamjonov
haydovchilik guvohnomasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1306/32/13063291_0:0:1000:563_1920x0_80_0_0_d15c2d7301063e20a0e278f266e984a5.jpg
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Yagona imtihon markazi imtihonlarida korrupsiya butunlay tugatilganini ma’lum qilib, fuqarolarni firibgarlardan ogohlantirdi.Allamjonovning so‘zlariga ko‘ra, imtihon markazining nazariy imtihonlaridan o‘tolmagan bir fuqaroni firibgar aldab ketgan. Firibgar haydovchilik guvohnomasini olib berishda o‘z xizmatlarini taklif qilib, fuqaroni 200 ming so‘mga chuv tushirgan.3 fevral kuni Toshkentda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish bo‘yicha Toshkent imtihon markazi ish boshladi. U yerda haydovchilik guvohnomasini olishga nomzodlar nazariy va amaliy test sinovlaridan iborat avtomatlashtirilgan imtihondan o‘tishlari mumkin. Uning afzalliklaridan biri shundaki, fuqarolar bilimini baholashda inson omili ishtirok etmaydi, butun jarayon avtomatlashtirilgan va shaffof.Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning 4-fevralidan to 14-martiga qadar markazga avtomaktablarni tugatgan 2406 nafar odam kelgan. Shundan 347 nafarigina imtihonlardan o‘ta oldi. Qolgan 2059 nafar fuqaro yiqilgan.Mavzuga oid:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1306/32/13063291_92:0:980:666_1920x0_80_0_0_28a2ccc9f3bd0f262817dd3f077bb326.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yagona imtihon markazi haydovchilik guvohnomasini olish prava imtihon allamjonov
yagona imtihon markazi haydovchilik guvohnomasini olish prava imtihon allamjonov
Toshkentda haydovchilik guvohnomasini olishdagi korrupsiya butunlay tugatildi – Allamjonov
Allamjonov haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilayotgan firibgarlardan ogohlantirdi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Yagona imtihon markazi imtihonlarida korrupsiya butunlay tugatilganini ma’lum qilib, fuqarolarni firibgarlardan
ogohlantirdi. Allamjonovning so‘zlariga ko‘ra, imtihon markazining nazariy imtihonlaridan o‘tolmagan bir fuqaroni firibgar aldab ketgan. Firibgar haydovchilik guvohnomasini olib berishda o‘z xizmatlarini taklif qilib, fuqaroni 200 ming so‘mga chuv tushirgan.
“Jabrdiyda bo‘lib qolmang. Undan ko‘ra o‘qing, bilim oling, avtomaktabingizda nazariy va amaliy bilimlaringizni mustahkamlang. Tushuning, bugun bizning imtihon tizimida korrupsiyaga chek qo‘yildi, degan gaplarimiz bekorga emas”, - deydi u.
3 fevral kuni Toshkentda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish bo‘yicha Toshkent imtihon markazi ish boshladi. U yerda haydovchilik guvohnomasini olishga nomzodlar nazariy va amaliy test sinovlaridan iborat avtomatlashtirilgan imtihondan o‘tishlari mumkin. Uning afzalliklaridan biri shundaki, fuqarolar bilimini baholashda inson omili ishtirok etmaydi, butun jarayon avtomatlashtirilgan va shaffof.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning 4-fevralidan to 14-martiga qadar markazga avtomaktablarni tugatgan 2406 nafar odam kelgan. Shundan 347 nafarigina imtihonlardan o‘ta oldi. Qolgan 2059 nafar fuqaro yiqilgan.