https://oz.sputniknews.uz/20220317/ozbekiston-va-rossiya-tashqi-ishlar-vazirlari-ozaro-tabrik-almashishdi-23398387.html
O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘zaro tabrik almashishdi
O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘zaro tabrik almashishdi
Sputnik O‘zbekiston
20 mart kuni O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30-yil to‘ladi. Mazkur voqea munosabati bilan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘zaro tabrik yo‘llashdi.
2022-03-17T16:59+0500
2022-03-17T16:59+0500
2023-04-05T18:36+0500
siyosat
abdulaziz kamilov
sergey lavrov
tabrik
rossiya tiv
o‘zbekiston tiv
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/11/23395847_0:157:3085:1892_1920x0_80_0_0_17060244157dea54e81e8d6ea779f15c.jpg
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. 20-mart kuni O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30-yil to‘ladi. Mazkur voqea munosabati bilan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘zaro tabrik yo‘llashdi.O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z maktubida Rossiya respublikaning muhim strategik hamkori va ittifoqchisi ekanini qayd etgan. Mamlakatlar o‘rtasida ikki va ko‘p tomonlama asosda konstruktiv samarali muloqot o‘rnatilgan. O‘zaro ishonch va hurmat muhiti shakllangan.O‘zbekiston va Rossiya strategik sheriklik salohiyatini samarali amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar bundan keyin ham davom ettirilib, bu ikki mamlakat farovonligi va Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlariga xizmat qilishi ta’kidlangan.O‘zbekiston - Rossiya munosabatlari rivojlanish cho‘qqisiga chiqdi – KamilovO‘z navbatida, Sergey Lavrov o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari siyosiy aloqalar jadalligi, parlamentlararo va idoralararo hamkorlikning sur’atlari, xalqaro maydondagi muloqot, hududlararo munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini e’tirof etgan.Lavrov maktubida Rossiya tomonining ittifoqchilik tamoyillari asosida bir-birining manfaatlarini o‘zaro hurmat qilish va hisobga olish ruhida, ikki mamlakat xalqlari farovonligi, Markaziy Osiyo va butun Yevroosiyo makonida barqarorlik va izchil taraqqiyot yo‘lida O‘zbekiston bilan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni davom ettirishga tayyor ekanligi qayd etilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/11/23395847_177:0:2908:2048_1920x0_80_0_0_279ddbfdb86751c1eebfb7d74c5d8626.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya diplomatik munosabatlar
o‘zbekiston rossiya diplomatik munosabatlar
O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘zaro tabrik almashishdi
16:59 17.03.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30-yil to‘lishi arafasida o‘zaro tabrik almashdilar.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. 20 mart kuni O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30-yil to‘ladi. Mazkur voqea munosabati bilan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘zaro
tabrik yo‘llashdi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z maktubida Rossiya respublikaning muhim strategik hamkori va ittifoqchisi ekanini qayd etgan. Mamlakatlar o‘rtasida ikki va ko‘p tomonlama asosda konstruktiv samarali muloqot o‘rnatilgan. O‘zaro ishonch va hurmat muhiti shakllangan.
"Keyingi yillarda parlament, savdo-iqtisodiy, transport, agrosanoat va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik ko‘lami salmoqli darajada kengaydi. Ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha yirik qo‘shma loyihalar va dasturlar muvaffaqiyatli tarzda hayotga tatbiq etilmoqda", - dedi Kamilov.
O‘zbekiston va Rossiya strategik sheriklik salohiyatini samarali amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar bundan keyin ham davom ettirilib, bu ikki mamlakat farovonligi va Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlariga xizmat qilishi ta’kidlangan.
O‘z navbatida, Sergey Lavrov o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari siyosiy aloqalar jadalligi, parlamentlararo va idoralararo hamkorlikning sur’atlari, xalqaro maydondagi muloqot, hududlararo munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini e’tirof etgan.
Lavrov maktubida Rossiya tomonining ittifoqchilik tamoyillari asosida bir-birining manfaatlarini o‘zaro hurmat qilish va hisobga olish ruhida, ikki mamlakat xalqlari farovonligi, Markaziy Osiyo va butun Yevroosiyo makonida barqarorlik va izchil taraqqiyot yo‘lida O‘zbekiston bilan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni davom ettirishga tayyor ekanligi qayd etilgan.