https://oz.sputniknews.uz/20220317/mqkq-shakar-narxini-asossiz-oshirayotgan-tadbirkorlarni-ogohlantirdi-23404804.html
MQKQ shakar narxini asossiz oshirayotgan tadbirkorlarni ogohlantirdi
MQKQ shakar narxini asossiz oshirayotgan tadbirkorlarni ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Bugungi kunda ichki bozorlardagi shakar mahsuloti narxining asossiz keskin oshishi kuzatilmoqda. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (MQKQ) narxlarni asossiz oshirayotgan tadbirkorlarni ogohlantirdi.
2022-03-17T20:36+0500
2022-03-17T20:36+0500
2022-03-17T20:36+0500
iqtisod
monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (mqkq)
shakar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0c/22153860_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_177b59e22915fe0fcf2f45e92bc4200c.jpg
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Bugungi kunda ichki bozorlardagi shakar mahsuloti narxining asossiz keskin oshishi kuzatilmoqda. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (MQKQ) narxlarni asossiz oshirayotgan tadbirkorlarni ogohlantirdi.Qo‘mita xabarida yozilishicha, Rossiya va Ukrainaning shakar eksportini to‘xtatgani O‘zbekistonga hech qanday ta’sir qilmaydi. Bu ikki davlatning ichki bozordagi ulushi bor-yo‘g‘i 2 foizni tashkil etadi. Mahalliy shakar zavodlari shakar xomashosini jahon birja kotirovkalariga nisbatan arzon narxlarda Braziliyadan xarid qilishmoqda.Qayd etilishicha, O‘zbekistonda ikkita – "Xorazm shakar" va "Angren shakar" mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida joriy yil 15-mart holatiga 260 ming tonna shakar mavjud.Shundan omborda 40 ming tonna tayyor shakar va 32 ming tonna xomashyo, iyun oyiga qadar 178 ming tonna xomashyo yetkazib beriladi.Qo‘mita ichki bozorni shakar bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida birja savdolariga kunlik qo‘yiladigan hajmni o‘rtacha 30 foizga oshirmoqda.Bundan tashqari, Hukumat aholiga shakar yetarli miqdorda va maqbul narxlarda yetkazib berilishi uchun zarur choralarni ko‘rmoqda. Barcha hududlardagi bozorlarda “Elga xizmat” rastalarida maqbul narxda shakar sotish topshiriqlari berilmoqda.MQKQ tadbirkorlarga murojjat qilib, ulardan shakarga bo‘lgan narx-navoni asossiz oshirmaslik va iste’molchilarga noqulaylik tug‘dirmaslikni so‘ragan.“Asossiz oshirilgan narx-navo bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish mumkinligi yuzasidan ogohlantiramiz”, - deyilgan xabarda.Rossiya bug‘doy va shakar eksportini vaqtincha chekladiAvvalroq Qishloq xo‘jalik vazirligi O‘zbekiston bug‘doy va shakar bilan to‘liq ta’minlanganini ma’lum qilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0c/22153860_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_c4206d3a370c1326140ba3432b8baa7d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shakar narxi bozor o‘zbekiston
shakar narxi bozor o‘zbekiston
MQKQ shakar narxini asossiz oshirayotgan tadbirkorlarni ogohlantirdi
Ta’kidlanishicha, Rossiya va Ukrainaning shakar eksportini to‘xtatgani O‘zbekistonga hech qanday ta’sir qilmaydi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Bugungi kunda ichki bozorlardagi shakar mahsuloti narxining asossiz keskin oshishi kuzatilmoqda. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (MQKQ) narxlarni asossiz oshirayotgan tadbirkorlarni
ogohlantirdi. Qo‘mita xabarida yozilishicha, Rossiya va Ukrainaning
shakar eksportini to‘xtatgani O‘zbekistonga hech qanday ta’sir qilmaydi. Bu ikki davlatning ichki bozordagi ulushi bor-yo‘g‘i 2 foizni tashkil etadi. Mahalliy shakar zavodlari shakar xomashosini jahon birja kotirovkalariga nisbatan arzon narxlarda Braziliyadan xarid qilishmoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda ikkita – "Xorazm shakar" va "Angren shakar" mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida joriy yil 15-mart holatiga 260 ming tonna shakar mavjud.
Shundan omborda 40 ming tonna tayyor shakar va 32 ming tonna xomashyo, iyun oyiga qadar 178 ming tonna xomashyo yetkazib beriladi.
Qo‘mita ichki bozorni shakar bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida birja savdolariga kunlik qo‘yiladigan hajmni o‘rtacha 30 foizga oshirmoqda.
Bundan tashqari, Hukumat aholiga shakar yetarli miqdorda va maqbul narxlarda yetkazib berilishi uchun zarur choralarni ko‘rmoqda. Barcha hududlardagi bozorlarda “Elga xizmat” rastalarida maqbul narxda shakar sotish topshiriqlari berilmoqda.
MQKQ tadbirkorlarga murojjat qilib, ulardan shakarga bo‘lgan narx-navoni asossiz oshirmaslik va iste’molchilarga noqulaylik tug‘dirmaslikni so‘ragan.
“Asossiz oshirilgan narx-navo bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish mumkinligi yuzasidan ogohlantiramiz”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Qishloq xo‘jalik vazirligi O‘zbekiston bug‘doy va shakar bilan to‘liq ta’minlanganini
ma’lum qilgan edi.